Vasiliy Surikov




Vasiliy Ivanovich Surikov [1848.12(24).1, Krasnoyarsk — 1916.6(19).3, Moskva] — rus rassomi, rang-tasvir ustasi. Peterburg Badiiyot akadimyasi da taʼlim olgan (1869—75). Oʻqish davridayoq akademik sanʼat uslublaridan voz kechgan, asarlariga hayotiy lavhalar kiritib, ularning taʼsirchanligiga erishgan, meʼmoriy obidalarni tarixiy haqqoniy tasvirlashga eʼtibor bergan. 1877-yildan Moskvada yashagan. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Avstriya, Shveysariyada bulgan. S. oʻtmish tarixni eʼzozlab, shu tarix saboklarida zamonaviy masalalarni koʻrishga harakat qildi. Asarlarining koloriti ham tiniq ranglar hisobiga ochilgan, rang surtmalari ritmi asar gʻoyasini yanada chuqurlashtiradi. "Oʻqchilar qatl etilgan tong" (1881), "Menshikov Beryozovoda" (1883), "Boyar xotin Morozova" (1887), "Qorshaharchaning bosib olinishi" (1891), "Sibirning Yermak tomonidan zabt etilishi" (1895), "Suvorovning Alpdan oʻtishi" (1899) va boshqa S, shuningdek, portretlar ("Sibir goʻzali. Ye.A.Rachkovskaya", 1891; "Stepan Razin", 1903—10; "Avtoportret", 1913), akvaredda manzaralar yaratgan. Oʻzbekiston sanʼat muzeyida S. asarlari saqlanadi (mas, "Qatlga olib ketilayotgan oʻqchining qayligʻi", 1879 va boshqalar). Moskvadagi badiiy intga S. nomi berilgan. Krasnoyarekda S.ning uy-muzeyi bor.

V.I.Surikov. "Qorshaharchaning bosib olinishi" (1891).

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz