Vasiliy Stepanovich Maligin




Vasiliy Stepanovich Maligin (1882.25.1, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Kirov viloyati – 1951.2.9, Toshkent) — meliorator, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), professor (1933). Moskva qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1911). Mirzachoʻl tajriba dalasida. labratoriya mudiri (1911 – 13), Zarafshon tajriba dalasi boshligi (1913–17), Turkiston ASSR Davlat reja qoʻmitasida qishloq xoʻjaligi seksiyasi raisi (1922–24). Yoʻlagan tajriba stansiyasi (Turkmaniston)da boʻlim boshligi, direktor (1924–27), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash inje-nerlari institutida dotsent (1931–33), Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri (1933–51). Oʻzbekistonda oliy qishloq xoʻjaligi taʼlimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz