Vasiliy Oshanin




Vasiliy Fedorovich Oshanin (1844.21.12(1845.2.1), Lipetsk viloyati Dankov tumani – 1917.25.1(7.2), Petrograd] – rus entomologi va sayyohi. Moskva universitetini tugatgan. 1872—1906-yillarda Turkistonda ishlagan. 1878-yil Pomirga ekspeditsiya uyushtirib, Fedchenko muzligini kashf etgan. Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va Rossiyaning Yevropa qismi oʻrta mintaqasi yarim qanotli va teng qanotli hasharotlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Yangi turlarni kashf qilgan, 5 mingdan koʻproq turlarning sistematik va geografik katalogini tuzgan.

Biografiyasi



Vasiliy Fedorovich Oshanin 1844-yil 21-dekabrda (yangi yil hisobi boʻyicha 1845-yil 2-yanvar) Politovka qishlogʻida tugʻilgan. U dastlab uyda taʼlim olgan, keyin Ryazan gimnaziyasini tamomlagan.

1861-yilda Moskva davlat universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻqishga kiradi 1865-yilda universitetni tugatadi.

Universitetda oʻqiyotganda u Moskva universiteti talabasi Aleksey Fedchenko bilan uchrashdi va ular bilan Moskva universitetida tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiyani sevuvchilar jamiyati asoschilaridan biri boʻlgan. Keyinchalik jamiyat asosan talabalarning ilmiy toʻgaragiga aylandi.

1869-yilda Oshanin chet elga sayohat qildi va Leukart laboratoriyalarida, Neapolitan zoologiya stansiyasida va Konkarno stansiyasida ishladi. Moskva mehribonlik uyida va 5-Moskva gimnaziyasida tabiiy fanlar oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1872-yilda Davlat mulki vazirligi topshirigʻi bilan ipakchilikni oʻrganish uchun xorijga yuboriladi.

1872-yilda Turkiston ipakchilik maktabi direktori boʻlgan va 1883-yilda yopilguniga qadar uni boshqargan. Keyinchalik Turkiston oʻqituvchilari seminariyasida tabiiy fanlar oʻqituvchisi boʻldi. 1887-yildan soʻng oʻsha paytda shaharning Markaziy maydoni yaqinida joylashgan birinchi Toshkent ayollar gimnaziyasiga direktor boʻlgan.

V. F. Oshanin Turkiston tadqiqotchisi sifatida tanilgan. 1876-yilda M. D. Skobelevning Oloy yurishida tabiatshunos, 1878-yilda Shahrisabz, Hisor, Qorategin va Oloyda olib ilmiy ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan. 1881-yilda Toshkent, Jizzax, Xoʻjand tumanlarining okruglari boʻylab sayohat qilgan. Vasiliy Oshanin 1884-yilda Samarqandga ilmiy ekspeditsiya uyushtirgan. Hudud geografiyasiga oid maqoalalar chop etgan. Undan soʻng Panjikentga, 1886-yilda Chirchiq daryosi havzasi togʻlariga, 1887-yilda zilzila oqibatlarini tasvirlash uchun Verniy va Korakalga sayohat uyushtirgan. Uning sayohatlari ichida eng mashhuri 1878-yilning yozida Pomirga qilgan ekspeditsiyadir. Aynan oʻsha paytda Pomirda Oshanin rahbarlik qilgan ekspeditsiya Pyotr I tizmasini va dunyodagi eng katta togʻ muzliklaridan birini topdi, uni Vasiliy Fedorovich Oshanin oʻzining doʻsti – mashhur sayohatchi va Pomir tadqiqotchisi, Moskva universiteti oʻqituvchisi, botanik Aleksey Pavlovich Fedchenko sharafiga qoʻydi. V. F. Oshanin Oʻrta Osiyoda 1906-yilgacha ishlagan.

Vasiliy Fedorovichning oʻgʻli Lev Vasilevich Oshanin (1884-1962) ham taniqli shifokor va antropolog, Toshkent universitetining antropologiya kafedrasining tashkilotchisi boʻlib, u yerda uzoq vaqt (1930-yildan vafotigacha, 1962-yilgacha) professor boʻlib ishlagan.
Vasiliy Fedorovich Oshanin 1917-yil 25-yanvarda (7-fevral) Petrogradda vafot etgan, Smolensk qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar




Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz