Vasiliy Kosmich Yasevich




Vasiliy Kosmich Yasevich (1894.6.1, Ashxobod — 1969.19.11. Toshkent) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1947), tibbiyot fanlari doktori (1937), professor (1937). Yuryev (Estoniya, Tartu shahri) universiteti tibbiyot fgitalabasi (1918), Harbiy lazaretlarda yordamchi vrach (1918—19), Oʻrta Osiyo universiteti tibbiyot fakulteti xirurgiya klinikasi ordinatori va ayni vaqtda shu ft talabasi; untni tugatgach (1922), shu kafedra assistenti (1923—31), dotsenti (1931—37). Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya fakulteti xirurgiya klinika kafedrasi mudiri (1937—64), Oʻzbekiston Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1964—69). Ilmiy ishlari qon gruppalarini oʻrganish, qon quyish va boshqalar masalalarga oid.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz