Vasiliy Grigorov (general)
Vasiliy Vasilyevich Grigorov (25-aprel, 1860-yil Voronej viloyati-16-oktyabr 1911-yil) - rus general-leytenanti, Orenburg qozoq okrugi boshligʻi, Samarqand viloyati gubernatori.
Biografiyasi
Vasiliy Vasilyevich Grigorov 1860-yil 25-aprelda Rossiya imperiyasining Voronej viloyatida zodagon oilasida tugʻilgan. U boshlangʻich bilimlarni Voronej Mixaylovskaya nomidagi harbiy gimnaziyasida oldi, keyin esa Nikolayev nomli harbiy maktabga qabul qilindi.
1882-yilda Nikolayev nomidagi harbiy akademiyaga qabul qilindi va taʼlimini shu yerda davom ettirdi. 1884-yil Kiyev okrugi Bosh shtabiga masʼul lavozimga tayinlandi. 1888-yil 24-noyabrda Chuguyev nomidagi havo flotida oʻrgatuvchi, 1892-yil 27-iyulda esa 14-mahalliy qoʻmondonligi qoʻmondoni lavozimida ishladi. 1890-yil 1-aprelda podpolkovnik, 1902-yil 17-aprelda unga general-mayor, 1908-yil 13-aprelda esa general-leytenant unvoni berilgan. 1911-yil Samarqand viloyatiga harbiy gubernator etib tayinlanadi.
Vasiliy Grigorov 1911-yil 16-oktyabrda Samarqandda vafot etadi.
Mukofotlari
uz.wikipedia.org