Vasiliy Dokuchayev




Vasiliy Vasilyevich Dokuchayev (1846.1.3, Milyukove qishlogʻi, hozirgi Smolensk viloyati Sichyovskiy tumani — 1903.8.11, Peterburg) — rus tabiatshunos olimi, Peterburg universiteti prof. (1883—96).

"Rossiya qora tuprogʻi" (1883), asarida genetik tuproqshunoslik asoslarini yaratdi, tuproqshunoslik fanining asosiy qoidalarini taʼriflab berdi. "Bizning dashtlar oʻtmishda va hozir" (1892) asarida qurgʻoqchilikka qarshi kurash majmuining ilmiy yechimlarini koʻrsatib bergan. Rossiyada birinchi tuproqshunoslik kafedrasiga asos solgan (1895).

Dokuchayev gʻoyalari tabiiy geogr., oʻrmonshunoslik, melioratsiya va b. rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Rossiya Qishloq xoʻjaligi FA Tuproqshunoslik instituti va b. ilmiy muassasalar Dokuchayev nomi bilan ataladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz