Vasiliy Aleksandrov




Vasiliy Georgievich Aleksandrov 1887-yil 24-may, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasida tavallud topgan. 1964-yil 16-yanvar, xuddi shu joyda (Leningrad) vafot etgan. Vasiliy sovet botaniki va o'simliklar anatomiyasi yo'nalishida yetuk shaxs bo'lgan.

Biografiya



1887-yil 24-mayda Sankt-Peterburgda tug'ilgan. Yoshligida u Imperator Sankt-Peterburg universitetiga o'qishga kiradi va u yerda, o'z bilimlarini yanada mustahkamlab o'qishini muvaffaqiyatli tarzda yakunlaydi.

1910-yillarning oxirida u professorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1920-yilda bir vaqtning o'zida ikkita universitetda - Tbilisi va Tomskda professorlik qiladi, u erda 1929-yilgacha ishladi. 1929-yilda Vasiliy Aleksandrov Butunittifoq o'simlikchilik institutiga ishga bordi va u yerda o'simlik anatomiyasi laboratoriyasining mudiri etib tayinlandi. 1942-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Botanika institutida o'simliklar anatomiyasi va morfologiya kafedrasi mudiri bo'ldi.

1954-yilda u " O'simliklar anatomiyasi " darsligini nashr etdi, o'sha yilning boshida u o'simliklar anatomistlari maktablarini ochdi. 1964-yil 16-yanvarda Leningradda vafot etdi.

Mukofotlar



Mehnat Qizil Bayroq ordeni (06.10.1945)

Ilmiy ishlar



Asosiy ilmiy ishlari madaniy va yovvoyi o'simliklarning fiziologik anatomiyasiga: tolali, efirli, kauchuk, yog'li o'simliklar, kartoshka, dukkaklilar, kabi turlariga bag'ishlangan...

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz