Vasilevskaya Vanda Lvovna




Vanda Lvovna Vasilevskaya (1905.21.1, Krakov - 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov universitetini tugatgan (1927). "Shu kunning qiyofasi" (1934) qissasi, "Vatan" (1935) romanida ishchi va dehqonlarning 20-asr boshlaridagi hayoti, Ikkinchi jahon urushidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. V. "Kamalak" (1942), "Chin muhabbat" (1944), "Chiroq yonganda" (1946). "Hayot-mamot kurashida" (1958) qissalari, "Suv uzra qoʻshiq" trilogiyasi ("Botqoqlikdagi olov", 1940; "Kuldagi yulduzlar" 1946; "Daryolar yonmokda", 1951) kabi asarlar muallifi. "Chin muhabbat" asarini Asqad Muxtor oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1947).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz