Vasilev Vitaliy Anatolevich




Vitaliy Anatolevich Vasilev (1939.28.12, Toshkent) — balet artisti, Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1958). 1958—60 yillarda Saratov opera va balet teatrida, 1960—64 yillarda Krzoq opera va balet teatrida, 1964—79 yillarda Navoiy teatrida balet solisti. 1979-yildan Navoiy teatri balet truppasida repetitor-pedagog . Ijro etgan partiyalarida mumtoz raqs shakllarini oʻzbek millim xoreografiyasi harakatlari bilan uygʻunlashtirib, qahramonning ichki dunyosini ustalik bilan ifodalagan. Qaxramonona, hajviy, lirik-romantik va harakterli partiyalarni mohirona ijro etgan. Eng yaxshi partiyalari: Don Juan ("Don Juan"), Zigfrid ("Oqqush koʻli"), Spartak ("Spartak"), Suhayl ("Suhayl va Mehri"), Mirza Izzat ("Sevgi tumori"), Temur Malik ("Sevgi va shamshir"), Usta ("Tanavor"), Antoniy ("Antoniy va Kleopatra") va b. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureata (1970).

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz