Vasilenko Lev Dominikovich




Lev Dominikovich Vasilenko (11899.30.10 (12.11), Kaluga Sh.-1979, Toshkent) — onkolog-jarroh; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1947). Tibbiyot fanlari doktori (1937), professor (1940). Oʻrta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1923). ToshMI onkologiya klinikasining boshligʻi (1923—41). Urush qatnashchisi. 1945-yildan ToshMI gospital jarrohlik kafedrasi mudiri, ayni chogʻda institut rektorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1951—55). 1970-yildan pediatriya fakulteti jarrohlik kasalliklari kafedrasida professor maslahatchi, Ilmiy ishlari jarrohlik va onkologiya masalalariga bagishlangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz