Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)
Vashingtondagi G-20 sammiti (2008) - Jahonning eng koʻzga koʻringan davlatlari moliya bozorlari va jahon iqtisodiyoti muammolarini topish va muhokama qilish maqsadida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlarida AQSh poytahti Vashington shahrida yigʻlishgan. Ushbu uchrashuv umumiy hamjihatlikni tasvirlaydigan 20 mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish borasidagi hamkorlikni kengaytirish, shu yili boʻlib oʻtgan moliyaviy inqirozga qarshi kurashish va kelajakda yangi inqirozga duch kelmaslik uchun baʻzi bir iqtisodiy sohalarga yangicha oʻzgartirishlar kiritilishi muhim boʻlgan kelishuv imzolangan. Fransiya va Yevropa Ittifoqi prezidenti boʻlgan Nicolas Sarkozy va Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown tomonidan yuritilgan ijobiy fikrlari natijasida sammit yanada boyigan. 2008-yilning 11-oktyabrida G7ning moliya vazirlari bilan boʻlgan suhbatda AQSh Prezidenti Jorj Bush kelgusida G20 uchrashuvlari jahon hamjamiyatida muhim oʻrin tutishini va iqtisodiy inqirozdan chiqish yoʻllari topishini taʻkidlagan. Koʻpgina iqtisodchilar va siyosatdonlar Bretton-Vuds tizimining (Ikki jahon urushidan soʻng qabul qilingan pul harakatini boshqarish tizimi) yangi bosqichini qabul qilish kerakligini taʻkidlashgan va jahonda yangi moliya tizimini yaratish kerakligin qayd etishgan. Bu uchrashuv baʻzi bir OAV manbalarida ikkinchi Bretton-Vuds kelishuvi deya qayd etilgan.
Paydo boʻlish taʻrixi
2000-yillar boshlaridagi yon bosish
Norasmiy ravishda (Bretton-Vuds II) nomini olgan ushbu valyuta harakatlari tizimi baʻzi manbalarga koʻra 2000-yillar (oʻn yillik davrda) oqimida rivojlangan. Siyosiy iqtisodchi Daniel Drezner keltirgan manbalarga koʻra aytiladi:
Bu tizim jarayonida AQSh bir vaqtda yuritilayotgan hisoblarda yirik miqdordagi defitsitga ega boʻladi, sababi qolgan mamlakatlar uchun moʻljallangan eksport manbalarini iqtisodiy oʻsish bilan taʻminlashni koʻzda tutgan. Bu kabi defitsitlarni moliyalashtirish uchun markaziy bankl;ar asosan Osiyoning Tinch okeani hududida dollarlar suv boʻlib oqadi va bu holat dollar qadrini koʻtarish uchun yahshi imkoniyatdir. [4]
Bretton-Vuds tizimi tiklanishi tushunchasi 2003-yilda olimlar Duli, Folkerts-Landau va Garber ishlarida sovuq urush tugaganidan keyin oʻz ifodasini topgan. Baʻzi bir osiyo liderlari asosiy strategik rivojlanishda oʻz kuchini koʻrsatayotgan Osiyo mamlakatlari Yevropa va Yaponiya urushlaridan keyingi holatda kurs ayirboshlashni toʻgʻri baholamasligi, valyuta intervensiya boshqarmalarining mavjud emasligi, nazoratlar oʻrnatish kerakligi, jamgʻarmalar muqarraligini oʻz vaqtida taʻminlashga erishmagini evaziga baʻzi rivojlangan mamlakatlardan ortda qolayotganida asosan oʻzlarini ayblashadi. Lekin eksport orqali raqobatda turishi va yuklar joʻnatish hajmi yuqori ekanligi ushbu mamlakatlarning jahon raqobat bozorining markaziga olib chiqqannini ham yashirishmagan.
Iqtisodchilar Roubini va Setser 2005-yilda tizim u qadar mustahkam emasligini bildirishgan. Agar AQSh tashqi moliya bozoridagi talabotlarini qisqartirmasa markaziy banklarda muhim rol oʻynayotgan dollar jamgʻarmalari ishlari tubdan izdan chiqishi va bu holat qolgan mamlakatlarning AQSh bosh boʻlib turgan noqislikga ehtiyoj sezmay qolishi, sababi qolgan mamlakatlar ichki talabotga eʻtibor qaratishida boʻlib bu vaziyat AQSh uchun jahon iqtisodiyoti oldida qilgan eng katta tavakkali ekanligi qayd etilgan. Jahon iqtisodiyoti maydonida yuritilayotgan beshavfqat qonunlar asosini mana bu keltirilgan muammolar tashkil etgan: ASQh Dollarining qiymati birdaniga tushib ketishi, AQShda uzoq muddatli foizli daromadning tezlik bilan koʻtarilishi va darhol bir qator aktivlarning narhi tushib ketishi, koʻchmas mulk sarmoyalari koʻtarilib ketishi shular jumlasidandir. Narhlarning birdaniga kuchli zarbaga uchrashi AQShda importning susaytirishi va dollar qiymati pastlab ketishi mumkinligi, jiddiy iqtisodiy qulashga olib kelishi ehtimoli borligi taʻkidlangan.
2007-yildagi Moliyaviy inqiroz
2008-yilning 26-sentyabrida Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozy:
Biz uchun Bretton-Vudsdagi kabi moliyaviy tizimni yangitdan yaratishimiz uchun qaytadan fikrlab chiqishimizga toʻgʻri keladi. [7]
2008-yilning 13-oktyabrida Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown yangi iqtisodiy tizim shartnomasini qabul qilishi uchun jahon liderlari uchrashishlari kerakligini qayd etib oʻtgan.
Biz yangi Bretton-Vudsga ega boʻlishimiz kerak bu yangi xalqaro moliyaviy memorlik qurilishlari kabi yillar sari oldinga yetaklab boradi. deya oʻz fikrini bildirgan.[8]
Braun taʻkidlagan iqtisodga yondashish tizimi haqiqiy Bretton-Vuds shartnomasi globallashayotgan inqiroz va erkin savdo tartibi, valyuta qiymatlarining oʻzgarayotganligi bilan kuchli ravishda farq qiladi. Ushbu uchrashuvda "Anglo-Sakson" moliya tizimlaridagi iliqlik Braun va Sarkozilar oʻrtasida kuzatilmagan. Italiya Iqtisodiyot vaziri Giulio Tremonti shuningdek Italiya 2009-yilga qadar G7 raisligi hisobiga "Yangi Bretton-Vuds."ga kechroq qoʻshilishini taʻkidlagan. U shuni taʻkidlaganki 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz jarayoni natijasida dollar Bretton-Vuds valyuta zahirasi sifatida almashtirilishini aytib oʻtgan. 2008-yilning 20-oktyabrida Tremonti italiya nashriyoti Corriere Della Seraga bergan bayonotida yangi Bretton-Vuds taklifiga koʻra amerikalik siyosiy arbob Lyndon LaRouche tomonidan birdirilgan fikr boʻyicha bu oqim koʻp yillar davomida tarqalishi kerakligini qayd etgan.
Sammit
AQSh Prezidenti [[Jorj Bush eʻlon qilgan bayonotga koʻra sammitga jahonning sanoat borasida rivojlangan 20 mamlakati qatnashishini belgilangan. G20 1997-1999-yillarda yuzaga kelgan moliyaviy yoʻqotishlarga qarshi javob sifatida yaratilgan boʻlib yangi xalqaro moliyaviy muqarralikni taʻminlash yoʻlida yangi qonunlar joriy etish maqsadida siyosiy jamlanmaning bir turidir. G20 tarkibiga uning tizimini qoʻllaydigan mamlakatlar avval kiritilgan, lekin bunday imkonni 170 mamlakat qoʻldan boy bergan (192 mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʻzodir)
Birinchi oliy maqomdagi uchrashuv Yigirmattalik liderlar ishtirokida moliyaviy bozorlar va jahon iqtisodiyotini tiklash maqsadida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlari Vashingtonning Milliy Muzey binosida oʻtkazilgan. Uchrashuvda:Argentina, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Olmoniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Yaponiya, Meksika, Janubiy Koreya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika Respublikasi, Turkiya, Birlashgan Qirollik, AQSh va Yevropa Ittifoqi(Ittifoq Prezidenti sifatida Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozy va Yevropa Maslahati kengashi raisi hamda Yevropa komissiyasi prezidenti sifatida José Manuel Barrosolar ishtirok etishgan), Ispaniya (Taklif qilingan sifatida), Niderlandlar (Taklif qilingan sifatida), Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi va Moliya muqarraligi borasida maslahat kabi tashkilotlar va davlatlar vakillari ishtirok etishgan. Niderlandlar Bosh vaziri Jan Peter Balkenende 14-noyabr kuni kechasi Vashingtonga yetib kelgan, lekin otasining vafoti haqidagi habarni eshitib darhol Niderlandlarga qaytib ketgan. Uning oʻrniga Niderlandlar Davlat kotibi Jan Kees de Jager ishtirok etgan. Ispaniya Bosh vaziri José Luis Rodríguez Zapatero sammit boshida taklif etilmagan, lekin Xitoy Prezidenti Hu Jintaoga yordam tariqasida va Osiyo mintaqasiga koʻproq eʻtibor qaratish hamda sammit ishtirokini yanada boyitish kerakligi sifatida taklif qilingan. Zapatero Fransiya presidenti Sarkozi tomonidan yuritilgan bayonet orqali taklif etilgan.
Asosiy ishtirokchilar
Vashingtondagi sammitda 20 yirik iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlar vakillari boʻlib oʻz ichiga 19 mamlakat va ikki boshqaruv Yevropa maslahati kengashi va Yevropa komissiyasi organlarini tashkil etadigan Yevropa Ittifoqi vakillari hamda bir necha taklif qilingan mamlakatlar va regional tashkilotlar sammitda ishtirok etish uchun qayd etilgan.
Sammit ishtirokchilari
Taklif qilingan
Taklif
Germaniya Kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Nicolas Sarkozi "Bretton-Vuds II" shartnomasi jahon moliya sistemasida yangicha oʻzgartirishlar olib kelishini taʻkidlashgan. Yevropa Ittifoqi uchun sammit:
Muammolar girdobida qolayotgan qarorlarni yoritish kerakligini, transhududlarda global nazoratni yaratish va moliya tizimini boshqarish, yaʻni oldingi kabi ogohlantirishsiz harakat qiladigan inqiroz domiga tushmaslik uchun amalda qoʻllanishi mumkin boʻlgan qonunlar har bir mamlakatda investor va omonatchilar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash imkonini beradi degan ahamiyatga ega ekanligini bayon etgan.
AQSh prezidenti matbuoti tomonidan qilingan eʻlonga koʻra ushbu misralar keltirilgan:
Hozirda vakillar holatni hozirgi kunda oʻz yechimini topayotgan moliyaviy inqiroz harakatlarini va uning sabablarini koʻrib chiqishmoqda. Sababi yana bu holat takrorlanmasligi uchundir. Jahonda yangi moliyaviy tizim yaratish uchun instutsional-yoʻnaltirish tartiblarini hamjihatlikda kelishib olish haqidagi fikrlar ilgari surilmoqda - degan soʻzlar Jorj Bushga tegishli boʻlgan.
Britaniya Bosh vaziri Gordon Braun oʻzining oktyabr oʻrtalarida qilgan chiqishlarida bir necha prinsiplardan voz kechishini taʻkidlagan. Bular (Halqaro yoʻsinda hisobchilik kelishuvlari, kredit sugʻurta bozorlari standartlari), qisman (kredit muasissalari, toʻlov majburiyatlari), javobgarlik sifatida (mahorat va mutanosiblik direktorlar kengashidan ketish), bank amaliyotini saqlash (norasmiy kegashga qarshi himoya) shular jumlasidandir. Xitoy prezidenti Hu Jintao G20 vakillariga murojat qilar ekan u xalqaro moliyaviy sistemasining toʻrt yoʻnalishida yangi oʻzgartirishlar kiritishini soʻragan, bular:
Moliyaviy nazorat borasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro moliya muasissalar faoliyatida yangi oʻzgartirishlar kiritish, regional moliyaviy hamkorlikni ragʻbatlantirish va xalqaro valyuta tizimini yahshilash.[19]
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Qin Gang sammit qabul qilgan shartnomalar hamjihatlik, oʻzaro betaraflik va meyor darajalarida boʻlganligin taʻkidlagan. Yaponiya Bosh vaziri Taro Aso sammitga qadar Yaponiya xalqaro balans toʻlovlari bilan ijobiy tomonlama tahlil asosida ish yuritayotganini va jahon bozorlaridagi uzoq choʻzilgan moliyaviy inqirozga qaramasdan oʻzining mavqeni tiklaganini Wall Street Journal moliya borasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida shu koʻrsatkichlarni jahon moliyachilari havolasiga taqdim etgan. Va sammit soʻngida Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasiga 100 mlrd. AQSh dollari yetkazishini taʻkidlab, bu pullar globallashgan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz davrida fondni qoʻllab-quvvatlash sifatida yoʻnaltirilganini ham bildirib oʻtishgan.
Asosiy yutuqlar
Oq uy habarlariga koʻra sammit davomida Vashington deklaratsiyasi imzolanganini eʻlon qilishgan. Deklaratsiya vakillar roziligi asosida besh qismdan iborat, bular:
Qisqacha ifodalangan anjumanning boshqa muhim holatlarini tasvirlangan bayonot Oq uyda dalillar sifatida taqdim etilgan boʻlib, ushbu bayonotda sammitda qabul qilingan Deklaratsiya hulosalari toʻlaqonli ravishda aks etganligi matbuot nashrlarining birida chop etilgan.
AQSh bayonotiga koʻra ishtirokchilarning barchasi oʻz maqsadlarining yetarli imkoniyatlar borligiga va uchrashuvning muvafaqqiyatiga oldindan shubha bilan qarashganligini ham yashirib oʻtmagan.
2009-yilga qadar uch mamlakat (Buyuk Britaniya, Braziliya, Janubiy Koreya) 2009-yilning martiga koʻzlangan 47 ta qisqa va oʻrta muddatga moʻljallangan maqsadlarni hayotga tadbiq etish vazifasiga boshqaruvchilar etib belgilangan.
Shundan soʻng bu kabi oliy maqomdagi sammitlar uchrashuvi 2009-yilning 2-aprelida Londonda va 2009-yilning sentyabrida Pittsburg shahrlarida oʻtkazilgan.
Jarayon
Manbalar
uz.wikipedia.org