Vashington (shahar)




Bu maqola Vashington shahri haqida. „Vashington“ soʻzining boshqa maʼnolari uchun qarang: Vashington (maʼnolari)

AQSh poytaxti Vashington (Kolumbiya okrugi, DC).

Vashington shahri  — Amerika Qoʻshma Shtatlarining poytaxti, ilk prezident sharafiga shunday nomlangan. Shahar maydoni 177 kv. km. Aholisi 601 mingdan ziyod (2010). Vashington aglomeratsiyasida (atrofidagi yaqin shaharlarda) 5,4 million kishi istiqomat qiladi. Kolumbiya okrugida, Potomak daryosi boʻyida joylashgan. Shaharni Potomak daryosi Virjiniya va Merilend shtatlaridan ajratib turadi. Vashington shtatidan ajratish uchun odatda shahar Vashington, Kolumbiya okrugi (inglizcha Washington, D.C., Washington, District of Columbia yoki shunchaki D.C.) deb yuritiladi. AQSh federal davlatining uchchala palatasi ham: Kongress, prezident va Oliy Sud, Vashingtonda joylashgan.

Tarixi



1790-yil 16-iyulda AQSh konstitutsiyasiga muvofiq ravishda AQSh Kongressi poytaxt okrugi yaratish haqida qaror qabul qilgan. Shu sabab Kolumbiya okrugi hech qaysi shtatga kirmaydi. 1800-yilda hukumat muassasalari Filadelfiyadan Vashingtonga koʻchirilgan.

Okrugni tuzish uchun Maryland va Virginia shtatlari Potomac daryosi boʻylab oʻz yerlaridan joy berishgan. Lekin 1846-yil Kongres Virginiaga oʻz ulushini qaytarib bergan. Vashington shahriga 1791-yil avvaldan majvud boʻlgan Georgetown portining sharq tomonida mamlakatning poytaxti qilib asos solingan. Vashington shahriga ham, shtatiga ham AQShning birinchi prezidenti George Washingtonning (1732—1799) nomi berilgan.

1812—1814-yillardagi Angliya-Amerika urushida Vashington shahri katta zarar koʻrdi. Urushdan keyin qayta tiklandi.

Vashingtonda bir qancha muhim xalqaro konferensiyalar boʻlib oʻtgan va xalqaro bitimlar tuzilgan. 1942-yil yanvarda Vashingtonda 26 davlat deklaratsiyasi imzolandi. Bu deklaratsiyani imzolagan va uni quvvatlagan davlatlar „Birlashgan Millatlar“ nomini oldi. 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) ham shu yerda imzolangan.

Aholisi



Vashington shahrining aholisi 2011-yil 617 996 kishi boʻlgan. 2010-yilgi maʼlumotga koʻra, shahar Amerikaning 24-eng koʻp aholi yashaydigan shahridir. Maryland va Virginia shtatlaridan ishga kelib-ketadiganlarni hisoblaganda shaharning aholisi 1 milliondan oshadi. Vashington shahri va uning atrofidagi maydonning aholisi 5,6 million kishidir.

Iqtisodi



Vashington sanoati mamlakat miqyosida ahamiyatga ega emas. Sanoat mahsulotlari asosan mahalliy ehtiyojlar uchun ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, tikuvchilik, poligrafiya, harbiy sanoat korxonalari bor. Aholining koʻp qismi davlat xizmatida, maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va moliya ishlarida band.

Madaniyati



Vashington mamlakatning yirik ilmiy va madaniy markazidir. Shaharda koʻplab oliy oʻquv yurtlari, jumladan 5 universitet, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi, Harbiy akademiya, ilmiy jamiyatlar, muzeylar bor. Shaharda yana Kongress kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, Milliy sanʼat galereyasi joylashgan. Vashington tashqi qiyofasi bilann AQShning boshqa yirik shaharlaridan farq qiladi. Unda koʻp qavatli baland binolar, yirik korxonalar yoʻq. Bogʻ va xiyobonlar, haykallar, yodgorlik uchun qurilgan binolar koʻp. Vashingtonga har yili millionlagan turistlar kelib ketadi.

Hukumati




Vashingtonda prezident qarorgohi (Oq uy, 1792—1818-yillarda qurilgan), Kongress binosi (Kapitoliy, 1793—1863), Davlat departamenti, Harbiy shtab (Pentagon), ministrliklar va boshqa oliy davlat muassasalari joylashgan. Amerika davlatlari tashkilotlarining rahbarlik organlari ham Vashingtonda. Shaharda 176 mamlakatning elchixonasi va koʻplagan xalqaro tashkilotlar, savdo birlashmalar, nodavlat tashkilotlar va kasaba uyushmalarining asosiy binolari joylashgan.

Shaharni 1973-yildan beri mahalliy saylangan mer va 13-aʼzoli shahar kengashi boshqarib keladi. Shunday boʻlsa ham, Kongress shaharni boshqarib turadi va shahar qonunlarini bekor qilishi mumkin. Shu sabab Vashington shahri yashovchilarining oʻz-oʻzini boshqarish huquqi boshqa yerdagi AQSh fuqarolarinikidan oz. Shaharning kongresda saylov huquqiga ega boʻlmagan vakili bor, ammo senatorlari yoʻq. 1961-yil ratifikatsiya qilingan oʻzgarishga binoan prezidentlik saylovlarida shahar uch saylov ovozi beradi.

Transporti



Vashington yirik transport yoʻllari tuguni. Shaharning janubi-gʻarbida daryo porti mavjud. Shahar joylashgan huddudda uch aeroport bor. Ronald Reagan Washington National Airport Potomac daryosining nargi betida, Arlington, Virginiada joylashgan. Washington Dulles International Airport boʻlsa shahardan 42.3 kilometr masofada Virginianing Fairfax va Loudoun countylarida joylashgan. Baltimore-Washington International Thurgood Marshall Airport boʻlsa 51 km masofoda Marylandning Anne Arundel countylarida joylashgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Vashington shahri – Amerika Qo‘shma Shtatlarining poytaxti va federal okrugidir. Rasmiy nomi: Vashington, Kolumbiya okrugi (Washington, D.C.). Bu shahar 1790-yilda asos solingan bo‘lib, u AQShning siyosiy, madaniy va tarixiy markazi hisoblanadi.

Tarixi

Vashington shahrining tashkil etilishi AQSh Konstitutsiyasining qabul qilinishidan so‘ng, federal hukumat uchun maxsus hudud ajratish zarurati bilan bog‘liq. Shahar hududi Potomak daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, Luizilla va Merilend shtatlari chegaralaridan ajralgan. Shahar nomi AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington sharafiga berilgan.

Geografiyasi

Vashington – Katta Shimoliy Atlantika mintaqasida joylashgan shahar bo‘lib, uning umumiy maydoni taxminan 177 km². Shahar poytaxt okrugi ("District of Columbia") sifatida federal hukumatning to‘liq nazoratida. Hududiga ko‘plab ko‘priklar, parklar, va tarixiy monumentlar kiradi.

Siyosiy Ahmiyati

Vashington AQSh federal hukumatining bosh qarorgohi hisoblanadi. Bu yerda Kongress (Senat va Vakillar palatasi), Oq uy (prezidentning rasmiy qarorgohi), Bosh sud va boshqa muhim davlat idoralari joylashgan. Bundan tashqari, shahar ko‘plab elchixona va xalqaro tashkilotlarning bosh qarorgohiga ham ega.

Madaniy Hayoti va Diqqatga Sazovor Joylari

Vashington shahrida ko‘plab muzeylar, galereyalar va teatrlar mavjud. Eng mashhurlari orasida:

Iqtisodiyoti

Vashington iqtisodiyoti federal hukumat, mudofaa sanoati, texnologiya, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga tayangan. Shahar aholisi yuqori darajada ta’lim olgan va professional sohalarda faoliyat yuritadi.

Aholisi

Taxminan 700,000 dan ortiq odam yashaydi (2024-yil holatiga ko‘ra). Shaharda turli millatlar va madaniyat vakillari yashaydi, bu esa uning madaniy xilma-xilligini ta’minlaydi.

Transport

Vashingtonda rivojlangan metro tarmog‘i mavjud (WMATA Metro), shuningdek avtobuslar, poyezdlar va aeroportlar (Washington Dulles va Ronald Reagan National Airport) orqali shahar ichidagi va tashqarisiga qulay harakatlanish imkoniyati mavjud.

Xulosa

Vashington shahri nafaqat AQShning siyosiy yuragi, balki madaniy va tarixi diqqatga sazovor joylarga boy, zamonaviy infratuzilmaga ega shahar hisoblanadi. U butun dunyoda Amerika Qo‘shma Shtatlarining ramzi sifatida tanilgan.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz