Varvarizmlar




Varvarizmlar (yun. barbaros — aynan ajnabiy) — maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar. V. asosan soʻzlashuv uslubiga xos, tilning adabiy meʼyorini buzadi va uning asosiy lugʻat tarkibiga kirmaydi. V.dan baʼzan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni xoslashtirishda foydalaniladi. Mas., V. iyemni ("Xanka", "Tanka"), pulni ("koʻkidan" bormi — dollar bormi), lavozim va shaxsni ("mer", "shef", "bos", "baron") va h.k.ni anglatadi, shuningdek mazax kilishda foydalaniladi. Oʻzbek tili dav-lat tili maqomini olgach, turli tillar-dan, ayniqsa rus tilidan kirgan V.dan ("madam", "bratan", "zemlyak", "paxan", "dedulya" va b.) oʻzbek soʻzlashuv tili faol tozalana boshladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz