Varta




Varta — Polshadagi daryo, Odraning eng katta oʻng irmogʻi. Uz. 808 km, havzasining mayd. 54,5 ming km. Kichik Polsha qirlarining gʻarbiy chekkasidan boshlanib, Buyuk Polsha pasttekisligidan oqadi. Bahorda toʻlib oqadi, yoz va kuzda toshadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 220 m3/sek. Poznan sh.gacha kema qatnaydi. V. kema qatnaydigan asosiy irmogʻi — Notes orqali Bidgoshch kanali bilan Vislaning Brda irmogʻiga tutashgan. V. boʻyida Chenstoxova, Poznan, GojuvVelkopolski va b. shaharlar joylashgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz