VARNALAR



VARNALAR (sanskritcha — sifat, rang) — qadimgi Hindistondagi 4 asosiy tabaqa. Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan. Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar Varnalarga mansub bo’lib, ularning mavqei pastroq hisoblangan. Varnalarga mansub bo’lmaganlar aholining eng quyi, xo’rlangan, huquqsiz qismini tashkil etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz