Varistor




Varistor (ing . vari (able) — oʻzgaruvchan va (resi) stor — qarshilik) — yarimoʻtkazgichli inersiyasiz rezistor. Elektr oʻtkazuvchanligi qoʻyilgan kuchlanishga bogʻliq boʻladi. Kuchlanish koʻpayishi bilan V.ning qarshiligi kamayadi, zanjirdan oʻtayotgan tok oshib boradi. V. kremniy karbid (SiC) kukunidan yasaladi. V.ga kumush (Ag), alyuminiy (A1) va mis (Si) elektrodlar oʻrnatiladi. V.dan elektron-hisoblash mashinalarida, aloqa liniyalarida foydalaniladi. Past voltli V. kuchlanish stabilizatori sxemasida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz