Varfolomey tuni
Varfolomey tuni (fran. massacre de la Saint-Barthélemy — avliyo Varfolomey qirgʻini) — gugenotlarning Fransiyada ommaviy qirgʻini, 24-avgust 1572-yili tunda katoliklar tomonidan uyushtirilgan, avliyo Varfolomey arafa kunida. Har xil maʼlumotlarga koʻra 30 mingga yaqin kishi halok boʻlgan. Oʻzbekiston ensiklopediyasi maʼlumotiga koʻra 2 mingda ortiq protestantlar halok boʻlgan.
Varfolomey tuni Yekaterina Medichi tomonidan qoʻzgʻatilgan deb hisoblanadi, u fransuz qiroli Karl IX onasidir, Italiya nasihatgoʻylari Alber de Gondi va Lodoviko Gonzaga tomonidan bosim qilingan. Margarita de Valua va protestant Genrih Navarrskiy toʻyidan olti kun oʻtib qirgʻin boʻlgan. Shu sababdan koʻplab eng boy va mashhur gugenotlar katolik Parijda yigʻilganlar. Qirgʻin 24-avgust 1572-yili avliyo Varfolomey kun arafasida boshlangan, admiral Gaspar Koliniga suiqasd qilinganidan ikki kun oʻtib boʻlgan, u harbiy va siyosiy gugenotlarning yoʻlboshisi boʻlgandir.
uz.wikipedia.org