Vard




Vard (sugʻdiycha — buta, shox-shabba) — dare oʻzanlari va ulardan boshlangan yi-rik tarmoqlar oqimini toʻsib, kanallarga suv chiqarishda foydalaniladigan shox-shabba oʻrami. V. atamasi Xorazmda "navard", Zarafshon vodiysida "navola", Fargʻona vodiysida "oʻluk", Chirchiq hamda Sirdaryo vohalarida esa "qorabura" shakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar "shox-shabba oʻrami" maʼnosini anglatib, ulardan suv xoʻjaligida qadimdan keng foydalanib kelingan.

V.lar, orasi tosh, chim va shagʻal bilan toʻldirilgan silindr shaklidagi shoxshabba va qamish oʻrami boʻlib, yulgʻun navdalaridan eshilgan belbogʻlar bilan uch yoki toʻrt yeridan mahkam bogʻlab yasalgan. Manbalarda taʼriflanishicha, V.lar oʻramining aylanasi 3—4 kishining quchogʻiga teng boʻlib, ogʻirligi 50 kg dan 2—3 t gacha yetgan. Muhammad Yusuf£ayonmmning yozishicha, Amudaryoning yirik tarmoqlari: Chumanoy, Changlibosuv va Tersoqar oʻzanlarini bogʻlash uchun tashlangan har bir navardning uz. 60 gaz, aylanasi 20—30 gazga yaqin boʻlgan. Navard yoki qoraburalardan bosh toʻgʻonlarni qurishdan tortib, qirgʻoqlarning suv oʻpirib ketgan joylarini tiklash-gacha boʻlgan ishlarda keng foydalanil-gan. Chunki ular irrigatsiya xoʻjaligi uchun texnikaviy jihatdan juda qulay va suvga chidamli uskuna hisoblangan.

Ad:. Muhammadjonov A., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz