Vaqt tenglamasi




Vaqt tenglamasi - haqiqiy Quyosh vaqti (T„) bilan oʻrtacha Quyosh vaqti (Tu) orasidagi farqni ifodalovchi tenglama: ti=Tn—Tv. Quyoshni kuzatib To aniqlanadi va T„=T||t1 topiladi. Vaqt tenglamasi qiymati har bir kun uchun astronomik taqvim va yilnomalarda (baʼzan, teskari ishora b-n) beriladi. Quyoshning soat burchagi bilan oʻlchanadigan haqiqiy Quyosh vaqti Yerning oʻz orbitasi boʻylab notekis harakatga hamda ekliptikaning ekvatorga ogʻmaligi natijasida tekis oʻtmaydi. Shuning uchun Vaqt tenglamasi ikkita sinusoida yigʻindisidan iborat boʻladi. Bu sinusoidalardan birining davri bir yil, ikkinchisiniki yarim yildir. Vaqt tenglamasi 15 aprel, 14 iyun, 1 sentabr, 24 dekabrda nolga tenglashadi, yiliga 4 marta: 11 fevralda 14,3 min., 15 mayda 3,8 min., 27 iyulda 6,4 min. va 2 oktabrda 16,4 min. eng katta mutlaq qiymatga erishadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz