Vang Fanji
Wang Fanzhi yoki
Brahmacarin Vang Tang sulolasi davrida, Xebi provinsiyasida tavallud topgan xitoylik buddist shoir hisoblanadi. U Tang xalq she'riyatidagi 2 ta to'plamining muallifi deb taxmin qilinadi. XX asr boshlarida Dunxuang qoʻlyozmalari topilgunga qadar sheʼrlarning juda oz qismi maʼlum bo'lgan edi.
Birinchi axloqiy she’rlar to‘plami “92 she’r to‘plami” deb nomlangan bo'lib, 5 ta to‘liq qo‘lyozmada mavjud.
Ikkinchi toʻplam “Uch- juan toʻplami” toʻliq nusxada topilmagan, ammo 7 ta qoʻlyozmadan foydalanib, qayta tiklangan. Bu qo‘lyozmalar tarkibida badiiy ahamiyati yuqori bo‘lgan she’rlar mavjud. Tarkibni “ Xanshan ” to‘plamidagi she’rlar bilan taqqoslash mumkin. Vangning tili deyarli har qanday boshqa Tang shoiriga qaraganda ko'proq so'zlashuv uslubiga xos bo'lib, o'rta asr xalq tilini ishlatganligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Eslatmalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org