Vanessa Ponce
Silvia Vanessa Ponce de Leon Sanches (ispancha: Silvia Vanessa Ponce de León Sánchez) -
Vanessa Ponce talaffuzi: Vanessa Pons nomi bilan mashhur bo'lib, model va go'zallik malikasi. “Dunyo goʻzali-2018 ” tanlovining gʻolibi. “Dunyo goʻzali” tojini qo'lga kiritgan birinchi meksikalik.
Biografiyasi
Vanessa Ponce Meksikaning Syudad de Mexiko shahrida tug'ilgan. O'n yil davomida Meksikaning Aguaskalientes shahrida yashadi, shuningdek, Guanaxuato shtatida besh yil davomida yashadi va u yerda oliy ma'lumotni tamomladi. U Guanaxuato universitetida xalqaro savdo ishi boʻyicha tahsil olgan va xalqaro biznes boʻyicha diplomga ega bo'lgan. Universitetdagi o'qishidan so'ng Vanessa Ponce o'z shahriga qaytib keldi va u yerda qizlar va ayollar uchun reabilitatsiya markazi direktorlar kengashiga ishga olinadi.
Vanessa Ponce turli ijtimoiy sohalar bilan shug'ullanadigan bir qator notijorat fondlarni qo'llab-quvvatlaydi. U migrantlarga yordam beradigan “Migrants on the Road” tashkilotida valantyori hisoblanadi.
“Dunyo goʻzali 2018” toj kiyish marosimida u Meksikaning Gerrero shtatidan Guanaxuato (Meksika) shtatiga koʻchib kelgan mahalliy ishchilarning farzandlariga yordam berishga qaratilgan “Na Vili” loyihasini reklama qilib o'tadi. U shuningdek, xalqlari o'rtasida ta'limni tadbiq etish bilan shug'ullanadigan Nenemi nomli maktabda ishlaydi.
Go'zallik tanlovi
Meksikaning navbatdagi top modeli (5-mavsum) 2014-yilda Ponse "Mexico's Next Top Model" teleko'rsatuvining beshinchi mavsumida ishtirok etgan va u yerda Meksikaning Guanaxuato shtatidagi Leon shahridan kelgan vakil bo'lib qatnashdi. U ushbu tanlovda g'olib bo'ldi.
Miss Meksika 2018 U keyinchalik " Miss Mexico City 2017 " tanlovining g'olibi bo'ldi. Keyin esa Vanessa "Miss Mexico 2018" milliy tanlovida g'olib chiqdi va "Dunyo go'zali-2018" tanlovida Meksikadan nomzod sifatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
Dunyo go'zali 2018 Vanessa Ponce "Dunyo go'zali " xalqaro go'zallik tanlovida Meksika nomidan qatnashdi va u "Dunyo go'zali-2018 " g'olibligini qo'lga kiritdi. Tanlov 2018-yilning 8-dekabr kuni Xitoyning Sanya shahrida boʻlib oʻtdi. Unga tojni 2017-yilgi “Dunyo goʻzali” hindistonlik Manushi Chxillar kiydirib qo'ygan.
Vanessa Ponce hozirda oldingi tanlovlarda g'olib bo'lgan malikalarning eng keksa "Dunyo go'zali " hisoblanadi. U 26 yoshu 276 kunligida “Dunyo goʻzali ” boʻldi. Avvalgi rekord 1989-yilda polshalik Agneta Kreglichkaga tegishli bo'lib 24 yoshu 244 kunligida tojni qo'lga kiritgan edi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org