Vanessa Kirby




Vanessa Nuala Kirby (talaffuzi: Vanessa Nuala Kirbi; 1988-yil 18-aprelda, tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. The Crown teleserialidagi roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA sovrindori. Pieces of a Woman filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod.

Dastlabki yillar



Vanessa Kirby 1988-yil 18-aprelda Londonda tugʻilgan. Onasi „Country Living“ jurnalining muharriri, otasi esa urologik jarroh boʻlgan. Vanessa Lady Eleanor Holles maktabini, Exeter universitetini va London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasini tamomlagan.

Karyerasi



Kirby aktrisalik faoliyatini „Octagon“, „Royal Court“ va „Qirollik milliy teatri“ kabi bir qancha teatrlarda rollar ijro etishdan boshlagan. U teatrdagi faoliyati davomida William Shakespearening A Midsummer Night's Dream va Tennessee Williamsning A Streetcar Named Desire pyesalariga asoslangan spektakllarda rol oʻynagan.

U 2010-yilda Love/Loss filmida suratga tushgan. 2011-yilda The Hour va Great Expectations kabi teleseriallarning bir necha qismlarida rol oʻynadi. Uning Labyrinth va The Crown seriallaridagi roli unga mashhurlik keltirdi.

2018-yilda u Tom Cruise bilan birga Mission: Impossible – Fallout filmida rol oʻynadi.

2020-yil 4-sentabrda 77-Venetsiya kinofestivalida Pieces of a Woman filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Kirby mazkur filmda Martha Weiss rolini gavdalantirgan. Bu roli ortidan u „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Volpi kubogini oldi, shuningdek, „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod boʻldi.

Shaxsiy hayoti



Kirby ingliz aktyori Callum Turner bilan uzoq muddatli munosabatda boʻlib, u bilan Queen & Country (2014) filmida rol oʻynagan. 2020-yil fevral oyida juftlik ajralishdi.

Filmografiyasi



Filmlar




Teleseriallar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz