Vanessa Giácomo




Vanessa Giácomo (portugalcha: Vanessa Giácomo;talaffuzi: Vanessa 1983-yil 29-mart) - braziliyalik aktrisa.

Biografiyasi va karyerasi



U 1983-yil 29-martda Braziliyaning Volta-Redonda kichik shaharchasida tug'ilgan. U yerda butun bolaligi o'tgan. Karyerasini boshlashdan oldin Vanessa, kelib chiqishi Italiyalik bo'lgan bobosining, Giácomo familiyasini tanlab, yanada jozibali va kamroq tarqalgan familiya bilan muxlislarni o'ziga tortmoqchi bo'ldi. Yoshligidan, mahalliy teatr tomonidan tashkil etilgan spektakllarda uni ko'rish mumkin edi.

Qiz 18 yoshga to'lishi bilanoq, u onasi bilan eng yaqin shahar Rio-de-Janeyroga ko'chib o'tdi. Vanessa kastinglarda qatnasha boshladi. Dastlab unga "Globo"" kanali tomonidan namoyish etilgan "Presenca de Anita" yoki "Malhacao" teleserialida mayda, ko'zga tashlanmaydigan rollar berildi. Biroq, Vanessada haqiqiy karyera mashhur braziliyalik rejissor Rikardo Uoddington bilan uchrashganida boshlandi.

Aktrisaning o'z karyerasidagi birinchi jiddiy va muhim roli 2004-yilda Rikardo Uoddinton tomonidan suratga olingan "Cabocla" teleserialidagi rol edi. Dastlab bu rolga boshqa aktrisa murojaat qilgan edi, lekin u suratga olishda ishtirok etishdan bosh tortdi va boshqa o'n to'rt nomzodni barchasini rad etib, rejissor Vanessani tanladi. Ushbu roli uchun Vanessa mukofot bilan taqdirlandi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, taniqli braziliyalik ssenariy muallifi Benedito Rui Barbosa Vanessa Giácomo ga o'zining yana bir telenovelasi - 2 yildan keyin nashr etilgan "Sinha Moca"da hamkorlik qilishni taklif qildi. Bu ishlar orasida Vanessa to'rt qismli "Clara e o Chuveiro do Tempo" mini-serialida rol o'ynadi. Keyin Vanessa o'z karerasida pasayish kuzatildi. U muntazam ravishda rol o'ynadi, lekin kichik yoki epizodik rollar ijro etar edi. Sababi esa uning oilaviy hayoti edi. Aynan shu davrda Vanessa ikki o'g'il tug'di va keyinchalik ajraldi. Shu davrda Vanessa Giácomo ikkita filmda - "Mary sings" va "The island of slaves"da rol o'ynadi va "Duas Karas" serialida u rejissor Wolf Maya bilan tanishib oladi. Kelajakda bu tanishuv uning karyerasi uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi.

2015-yilda Vanessa Giácomo "Love lifegisi" serialidagi yovuz Alini roli tufayli "Yilning eng yaxshi aktrisasi" nominatsiyasida g'olib chiqdi.

Shaxsiy hayoti



Vanessa Giácomo birinchi teleserialida rol o'ynagan paytida Daniel de Oliveyra bilan tanishdi va 2007-yilda munosabatlarni boshlaganidan uch yil o'tib, oila qurishdi. Ko'pgina jurnalistlar bu juftlik haqida havas qilarli darajada deb yozishgan. Er-xotinning ikki farzandi bor edi va ularning ismi: (2008-yilda) - o'g'li Raul, (2010-yilda) - o'g'li Moisey. Biroq, o'g'il farzandli bo'lish er-xotinni ajrashishiga xalaqit bermadi: Vanessa va Daniel 2012-yilda ajralishdi.

2013-yilda aktrisa yoshlikdagi do'sti tadbirkor Juzeppe Dioguardi bilan uchrashishni boshladi. Juzeppe Dioguardidan 2014-yilda Mariya ismli qizi tug'ildi.

Filmografiyasi



Televizion seriallar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz