VANDALIZM



VANDALIZM (lotincha Vandali — qadimgi Sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni o’ylamay-netmay shafqatsizlarcha yo’q qilib tashlash. Vandalizm tupgunchasi 455 yilda german qabilalari Rimni talon-taroj qilib, ko’plab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik ma’nolarida ham keng qo’llanila boshlagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz