Vancouver (shahar)




Vankuver  — Kanadaning janubi-gʻarbidagi shahar, Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida. Aholisi 631,486 kishi (2016). Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo-moliya markazi. Vankuver provinsiyada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining qariyb yarmini beradi. Kanadaning Tinch okean sohilidagi eng yirik porti. Vankuver orqali chetga bugʻdoy, oʻrmon mahsulotlari, baliq va rangli metallar chiqariladi. Yogʻochsozlik, oziqovqat, neftni qayta ishlash, metallsozlik, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Oʻrmon, kon va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar ishlab chiqariladi. Universitet, konchilik muzeyi bor. Shaharga 1886-yilda asos solingan va ingliz dengiz sayyohi J. Vankuver nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz