Van (shahar)




Van — Turkiyadagi shahar, Van elining maʼmuriy markazi. Van koʻlining jan.-sharqiy sohilida joylashgan. Aholisi 153 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl stansiyasi. Q.x. rayoni markazi. Oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari bor. Mil. av. 9—6-asrlarda V. oʻrnida Urartu davlatining poytaxti — Tushpa joylashgan edi. Mil. av. 6—4-asrlarda Tushpa Axomaniylar, 4—2-asrlarda esa Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Oʻsha davrdan shahar V. deb atalgan. Mil. av. 1-asrda V. ancha katta va mashhur shahar boʻlgan. 364 yilda Sosoniylar shohi Shopyp II ning qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. 10-asrda Vaspurakan podsholigi tarkibidagi yirik shaharga aylandi. V.ni 1022 yilda Vizantiya, 1071 yilda Saljuqiylar davlati sultoni Alp Arslon qoʻshinlari, 14-asrning 2-yarmida Temur qoʻshinlari egalladi. 17-asrdan turklar qoʻliga oʻtdi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz