VAN CHUN



VAN CHUN (27 – taxminan 104) – Xitoy faylasufi, skeptik-materialistik falsafa namoyandasi. O’limdan so’ng ruh yashashini rad qilgan. “Tanqidiy mulohazalar” degan asosiy asari Konfutsiychilik va daosizm goyalarini birlashtiradi. Uning fikricha, butun mavjudot “birlamchi efir”dan paydo bo’lgan, uning quyuqlik darajasiga qarab narsalar, shu jumladan insonning jamiyatdagi mavqei (boylik, kambag’allik va hokazolar) ham farqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz