Vampire




Olivia Isabel Rodrigo (talaffuzi: Oliviya Izabel Rodrigo; 20-fevral 2003-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. U Disney mahsuloti boʻlgan teledasturlar — Bizaardvark va High School Musical: The Musical: The Seriesdagi roli ortidan shuhrat qozondi. Geffen va Interscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Rodrigo 2021-yili ilk singli boʻlmish „Drivers License“ni ommaga taqdim etdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan qoʻshiqlaridan biri boʻldi. Keyinchalik, „Deja Vu“ va „Good 4 U“ ashulalarini chiqardi.

Rodrigoning ilk studiyaviy albomi Sour (2021) boʻlib, bu albom xalqaro miqyosda chartlarda choʻqqiga erishdi hamda tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. U yetti nominatsiyada, jumladan „Eng yaxshi yangi artist“, „Yil albomi“ hamda „Yil yozuvi“ va „Yil qoʻshigʻi“ („Drivers License“ uchun) nominatsiyalarida Grammyni oldi. Rodrigoni 2021-yilda Time jurnali „Yil qiziqchisi“, 2022-yilda esa Billboard „Yil ayoli“, deb atadi hamda buning ortidan u bunday eʼtirofga sohib boʻlgan ilk osiyolik-amerikalik sanʼatkorga aylandi.

Dastlabki hayoti



Olivia Isabel Rodrigo 20-fevral 2003-yilda Kaliforniya shtatining Murrieta shahridagi Rancho Springs tibbiyot markazida dunyoga kelgan. Bolaligi Temecula shahrida oʻtgan. Rodrigo ikkimillatli boʻlib, otasi filippinlik-amerikalik, onasi esa olmon va irland ajdodlarga mansubdir. Otasi terapevt, onasi esa maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Rodrigoning taʼkidlashicha, uning ota tarafdan katta bobosi oʻsmir paytida Filippindan AQShga koʻchib oʻtgan va uning oilasi haligacha filippin urf-odatlariga amal qilishadi. Rodrigo vokal boʻyicha saboqlarda bogʻchada olishni boshlagan va keyinroq pianino chalishni oʻrgangan. U olti yoshida aktyorlik va kuylash boʻyicha saboq olishni boshlab, Lisa J. Mails boshlangʻich maktabida va Dorothy McElhinney oʻrta maktabida oʻqigan chogʻlarida teatr sahnalarida rollar ijro etgan. Rodrigo 12 yoshida gitara chalishni bilgan. U ota-onasining sevimli alternativ rok musiqiy guruhlari boʻlmish No Doubt, Pearl Jam, the White Stripes va Green Daylarning ashulalarini tinglab ulgʻaygan. Rodrigoda country janridagi musiqalarni, ayniqsa amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning qoʻshiqlarini tinglaganidan soʻng, qoʻshiqnavislikka qiziqish uygʻonadi. U Bizaardvark teleserialidagi rolidan keyin Los Angeles shahriga koʻchib oʻtdi.

Diskografiyasi




Filmografiyasi




Turnelari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz