Vampir oshqovoq va tarvuzlar




Kirish



Vampir oshqovoq va tarvuzlar-Bolqon (Janubi-sharqiy Yevropa) xalqi tomonidan kelib chiqqan afsona boʻlib, etnolog Tatomir Vukanovich tomonidan tasvirlangan. Bu hikoya anʼanaviy vampir folklorining aksariyati kelib chiqqan mintaqadgi rim xalqi bilan bogʻliq.

Vampir mevasiga boʻlgan ishonch, toʻlin oy kechasi tashqarida qolgan har qanday jonsiz narsaning vampirga aylanishiga ishonishga oʻxshaydi. Qovoq yoki qovunning vampirik transformatsiyaga duchor boʻlishini asosiy belgilaridan biri uning terisida bir tomchi qon paydo boʻlishi deyiladi.

Bu boʻyicha yagona maʼlumot Tatomir Vukanovichning 1933-yildan 1948-yilgacha Serbiyada qilgan sayohatlaridagi manbalardan olingan. U bir necha yildan soʻng shunday yozgan:

" Vampir oʻsimliklarga ishonish asosan loʻlilar orasida uchraydi. Ularning gaplariga qaraganda faqatgina 2 ta sodir boʻlishi mumkin.poliz mahsulotlari yaʼni oshqovoqning har qanday turi va tarvuzda. Ularning bu oʻzgarishi esa bir-birlari bilan jang qilganda sodir boʻladi. Podrima va Prizrenskiy Podgorning taʼkidlashicha bu oʻsimliklar uzilganidan keyin yerda 10 kun tursa bu voqea sodir boʻladi, keyin ular birga toʻplanib „ brll, brll, brll“ degan ovoz chiqarib silkina boshlaydilar. Shundan soʻng qovoqlarda qon izlarini koʻrinishi mumkin va keyin ular vampirga aylanadilar. Bu qovoq va tarvuzlar kechalari otxonalar, uylar va boshqa joylarni kezib chiqib zarar yetkazadilar ammo koʻpchilikka zarar yetkaza olmagani uchun undan damlar xavfsiramaydi.

Bundan tashqari loʻlilarni eʼtiqodiga koʻra Pirani qishlogʻida agar qovoq Rodjestvodan keyin saqlanadigan boʻlsa ham, ular vampirlarga aylanadi.Ular vampirga aylanganda ham oʻz shakllarini saqlab qolgan holda aylanadi".

Vukanovichning maqolalari bugungi kunda ham muhokama qilinadi. Zamovaiy maktab oʻquvchilari bunday narsalarga ishonishmasada ammo loʻlilar orasida hali hamon bunga ishonch katta. Bundan tashqari loʻlilarda bu haqida bir qancha qoʻrqinchli hikoyalar ham mavjud.

Bu afsona Terry Pratchettning 1998-yilda nashr etilgan „Carpe jugulum“ nomli afsonalardan iborat hajviy fantastik asarida ham tilga olinadi. Unda Prachett vampir tarvuzlarni oʻzi oʻylab topmaganini yozadi.

Maʼlumot manbalari:



https://en.wikipedia.org/wiki/Ursula_Vernon: https://diggercomic.com/blog/2007/06/08/digger-553/

Matthew Bunson, The Vampire Encyclopedia (New York: Gramercy, 2000)

T. P. Vukanović, The Vampire; published in four parts in the Journal of the Gypsy Lore Society from 1957 to 1960.Bolqon yarim oroli

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz