Vamberi Amir temur shaxsi haqida.
Herman Vamberi o’z kitobida A.Temur shaxsi haqida quydagicha ma’lumotlar beradi. O’zining vatandoshlari orasida hozirgacha tildan-tilga o’tib kelayotgan hikoyalarga qaraganda, Temur o’rta bo’yli, oqbadan kishi bo’lib, zahmatli umrini doimiy jangu jadallarda o’tkazganiga qaramay, umrining oxirgi daqiqalariga qadar badanining qutini saqlay olgan. Garchi uning bir oyog’i oqsasa-da, urush paytida bu nuqson uncha sezilmas edi. Uning yangroq ovozi jang baqiriq chaqiriqlaari ichida juda uzoqqa eshitilardi. Faqat Yoshi 70 ga yetganda ko’zlari ozroq hira tortgan. U Samarqandda Ispaniya elchilarini qabul qilgan vaqtda, ular yaqin kelgachgina tanigan edi. Uning tarjimayi holini yozgan bir tarixchi, o’z qahramonining rasmini tavsiya etganda, hiyla aloqasizroq eron go’zalligini namuna qilib olgan. Turk sohibqironining soqolini uzun, yonog’ini qizil, o’zini oq tanli etib tasvirlagan. U o’zining uzoq davom etgan sohibqironlik hayotida juda ko’p yo’qotishlarga, nochorliklarga chidagan va doimo spartaliklar kabi soddaligiga sodiq qolgan. Uning tabiiy sifatlaridagi buyuk qirralar shundan iborat. A.Temur shaxsini yoritishda “Ajoyib al-maqdur” tarixiy manba sifatida muhim o’rin tutadi. Arabshox biografiyasida Temur tabiati tushunarli bayon qilingan. Arabshox bu asarining “Temurning badoatli sifatlari va unga ato qilingan tug’ma hislatlari va tabiati haqida bo’lim” qismida Amir Temurning shaxsini quydadicha tasvirlaydi. Temur baland qadli, uzun bo’yli, tik qomatli, go’yo u qadimiy pahlavonlar avlodlaridan bo’lib, keng peshonali, katta boshli, g’oyatda kuchli va salobatli, ajoyib bo’lalik, rangi oqu qizil yuzli, lekin dog’siz, bug’doy rang emas, qo’l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo’g’on, poychalari semiz, qaddi-qomati kamoliga yetgan, sersoqol, ikki ko’zi bamisoli ikki sham bo’lsa-da, shodligi bilinmas, yo’g’on ovozli edi.
uz.wikipedia.org