Valyuta siyosati




Valyuta siyosati — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. V.s.ning asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b.dan tashkil topadi. Mamlakatda V.s.ni hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.

Jahon miqyosida V.s.ni xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy V.s. va uzoq muddatli V.s. kabi kurinishlari bor. Joriy V.s.da valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konʼyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli V.s. valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz