Valyuta jinoyatlari




Valyuta jinoyatlari - valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish, korxona, muassasa va tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan valyuta boyliklarini yashirish, mazkur operatsiyalarni bajarish tartibini buzish bilan bogʻliq jinoyatlar. Oʻzbekistonda amaldagi qonunlarga binoan mazkur jinoyatlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan (OʻzR MJK 170-171-moddalar, OʻzR JK 177—178-moddalar). Mas., Oʻzbekiston soʻmiga almashtirish; tovarlar bilan ayirboshlash; qarzga olish, toʻlov vositasi sifatida, har qanday jinoiy va h.k. yoʻllar bilan olingan; shuningdek oʻzida yoki oʻzidagi boshqa birovga tegishli boʻlib, toʻlov vositasi sifatida. almashtirish orqali, qarzga berish, sudxoʻrlik toʻlovi sifatida va h.k. yoʻllar bilan birovning tasarrufiga oʻtkazilgan valyuta boyliklari miqdoriga qarab, tegishli jazo choralari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasida valyuta yakka hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, unga koʻra valyuta boyliklarini sotib olish, sotish va almashtirish uning hududida Markaziy bank va b. vakil qilingan banklarning favqulodda vakolatiga tegishlidir.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz