Valyuta bozori
Valyuta bozori — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992-yil iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) V.b.ga boʻlinadi. Shuningdek, V.b. valyuta xatarini sugʻurtalash valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro V.b.lari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va b. mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. V.b.da muomalalar valyutani nakd yet-kazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs.boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 i. 1 yanvardan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi — yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org