Valyuta birjasi
Valyuta birjasi — ishtirokchilari chet-el valyutasi orqali ish yuritadigan savdo faoliyatni tashkil qilishda yordam beruvchi, valyuta bozori infrastrukturasining bir elementidir. Valyuta birjasi valyuta bozorining asosiy elementlarining faoliyatini tashkil qilib beradi: savdo sistemasi (kontragent qidirish mexanizmi), kliring va hisob sistemasi (kelishuv ijro mexanizmi).
Valyuta birjasi - q. Birja.
Valyuta va moliyaviy aktivlar shoshilinch savdosi bilan mutahassis ravishda faoliyat ko’rsatadigan valyuta birjalari mavjud, - London moliyaviy fyucherslar halqaro birjasi (London International Financial Futures Exchange), Amsterdamdagi Evropa opcion birjasi (European Options Exchange), Frankfurtdagi Olmon shoshilinch birjasi (Deutsche Terminboerse), Singapur birjasi (Singapore International Monetary Exchange), Sidneydagi shoshilinch savdo birjasi (Sydney Futures Exchange), Venadagi Avstriya shoshilinch opcion birjasi (Oesterreichische Termin Option-boerse). Iqtisodiy nuqtai-nazarda valyuta birjasi – bu birjaviy tashkiliy valyuta bozorining uyushgan ishtirokchisidir. Huquqiy ma’noda esa, valyuta birjasi xorijiy valyuta orqali birjaviy savdoni tashkil va tartibga solish yo’li bilan ko’tara bozorini shakllantiruvchi yuridik shaxs deb hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org