Valmart




Wal-Mart Stores, Inc. – Amerika kompaniyasi, dunyodagi eng yirik chakana savdo bilan shugʻullanuvchi kompaniyalardan biri. Bosh ofisi – Bentonvilla, Arkanzas shtatida joylashgan.

Kompaniya 1962-yil Rodjers shahri(shtat Arkanzas) da Sem Volton tomonidan asos solingan.

Boshqaruv:



Wal-Mart ning 40% yaqin aksiyalari kompaniya asoschisi Sem Voltonning merosxoʻrlariga tegishli.
Direktorlar kengashi raisi – S. Robson Walton. Bosh boshqaruvchi – H. Lee Scott.

Asosiy faoliyat turi:



Wal-Mart – chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, uning tarkibiga 14 ta davlatda 6782 ta magazinlar kiradi. (2007-yil fevral oyi maʼlumotlariga koʻra). Bular qatoriga oziq-ovqat va xojalik mollari sotuvchi gipermarketlar va universamlar ham kiradi. Wal-Mart strategiyasi-maksimal mahsulotlar asortimenti va minimal narxlar(optom narxlariga yaqinlashtirish) hisoblanadi. AQSH chakana savdo bozorida Wal-Martning asosiy raqobatchilari bu – Kmart va Target hisoblanadi. Wal-Mart savdoda RFID-belgilari tehnologiyasini ishlatish boʻyicha lider hisoblanadi. 2004-yil natijalariga binoan eng yirik kompaniyalar ichida Wal-Mart daromad hajmi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. 2006-yilda kompaniya umumiy ishchilari soni – 1,6 mln kishini tashkil etdi. Kompaniya oboroti 2005-yilda $312,4 mlrd ni tashkil etdi va sof foydasi - $11,2 mlrdni tashkil etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz