VALL-I




VALL-I (inglizcha: WALL-E ) 2008-yilda katta ekranlarga chiqarilgan ilmiy fantastika janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Pixar Animation Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan. Film rejissori Andrew Stanton, produseri esa Jim Morrisdir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Ben Burtt, Elissa Knight, Jeff Garlin, Fred Willard, John Ratzenberger, Kathy Najimy va Sigourney Weaver kiradi.

VALL-I filmi umumjahon premyerasi Los Anjelesda 23-iyun 2008-yilda, Shimoliy Amerikada esa 27-iyun 2008-yilda boʻlib oʻtdi. $180 millionlik budjetga ega boʻlgan ushbu film umumjahon boʻylab $521.3 million daromad qildi. Film animatsiyasi, hikoyasi, qahramonlari, vizual effektlari hamda romantik sahnalari uchun maqtovlarga sazovor boʻldi. 2008-yili „Eng yaxshi toʻliq hajmli animatsion film“ nominatsiyasida Oltin globus, 2009-yili Hugo, Nebula, „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasida Saturn hamda „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasida Oscar mukofotlarini oldi.

Mazmuni



2805-yilda ifloslangan Yer sayyorasini odamlar allaqachon tark etishgan boʻlib, faqatgina suvaraklar qolgan. Chiqindidan barpo boʻlgan osmonoʻpar binolar orasida yuradigan farrosh-robot VALL-I arziydigan narsalarni yigʻib yuradi. Kunlarning birida robot-tadqiqotchi odamlar bor kosmik kemaga olib ketish uchun yetib kelishi kerak boʻlgan yashil niholni topib oladi. Uni tomosha qilish davomida bolalar sahnalarni qiziqib tomosha qilsa, kattalar Yer va ekologiya haqida oʻylay boshlaydi.

Ovoz berganlar




Musiqasi



Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Thomas Newman yozgan.

Oʻqish uchun




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz