Valle universiteti




Koordinatalari: 3°22′30.036″N 76°32′4.0200000000243″W / 3.37501000°N 76.534450000000006753°W / 3.37501000; -76.534450000000006753 G O

Valle universiteti Kolumbiyaning Kali shahrida joylashgan mahalliy qoʻshma tadqiqot universiteti boʻlib,Univella deb ham nomlanadi.30,000 dan ortiq talabalari borligi sabab mamlakat janubi-gʻarbiy qismidagi talabalar soni boʻyicha eng yirik,Kolumbiyada esa uchinchi oʻrinda turadigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi .
Universitet 1945-yilda Tulio Ramírez Rojas va Severo Reyes Gamboa boshchiligidagi idoraviy yigʻilishning 12-sonli qaroriga binoan Kauka sanoat universiteti nomi bilan tashkil qilingan.
Universitetning ikkita kampusi mavjud boʻlib ular Kalida joylashgan. Melendez universiteti (CUM) asosiy kampus hisoblanadi va u Melendez shahrining janubiy qismida joylashgan.Muhandislik,gumanitar fanlar, integratsiyalashgan sanʼat, ijtimoiy fanlar va iqtisod fakultetlari, shuningdek, taʼlim,pedagogika va psixologiya institutlariga ega. Ikkinchisi esa San-Fernandoning markaziy qismida joylashgan boʻlib, maʼmuriyat fanlari va tibbiyot fakultetlaridan iborat. Bundan tashqari, universitetning Buenaventura, Buga, Caicedonia,Cartago,Palmira,Tuluá,Yumbo Zarzal va Kauka idorasiga qoʻshni boʻlgan Santander de Quilichao shahrida ham qoʻshimcha kampuslari mavjud. Universitetda 258 ta oʻquv dasturlari mavjud boʻlib,bakalavriat va aspirantura darajasida taʼlim beradi.65 ta magistr va tibbiyot va 8 ta doktorantura mutaxassisliklarini oʻz ichiga oladi.
2005-yil 3-iyundagi 2020-sonli qarori bilan taʼlim vazirligi tomonidan yuqori darajada akkreditatsiyadan oʻtgan mamlakatdagi 15 ta universitetdan biri hisoblanadi..Akkreditatsiya sakkiz yilga moʻljallangan boʻlib, universitet shunday muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan sanoqli davlatlardan biriga aylandi.
Universitet mamlakatdagi asosiy oliy oʻquv yurti hisoblanadi va odatda tibbiyot va muhandislik dasturlarida ustunlik qiladi.

Tarixi



XIX asrning oxiridan boshlab Kalida universitet yaratish gʻoyasi shahar aholisining orzularidan biri boʻlib, mahalliy gazetalarda doimiy ravishda muhokama qilinib kelindi.Oʻsha paytda berilgan qoʻshimcha taʼlim darajalari faqat Kali shahridagi Santa Librada kolleji va erkin sanʼatga yoʻnaltirilgan Buga akademik kolleji tomonidan berilgan.1940-yillarda Kaukaning yangi sanoat sektori talabini qondira oladigan malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoji ilmiy va texnologik taʼlimga qaratilgan muassasa mintaqaning rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini aniq koʻrsatdi.Universitet tashkil etilishida muhim rol oʻynaganlardan biri La Union shahrida tugʻilgan, univiversitetning birinchi rektori Tulio Ramírez Rojas edi. Ikkinchisi esa universitet taʼlim boʻlimi kotibi Severo Reyes Gamboa boʻlgan.
Universitet oʻz ishini 1945-yilda agronomiya, biznes va hamshiralik fakultetlari boʻlgan Kalining markazida joylashgan kichik uyda boshlagan.1946-yilda kimyo fakulteti,1947-yilda arxitektura fakulteti,1948-yilda esa elektrotexnika fakulteti tashkil etilgan boʻlib,1949-yilda universitet nomi elektromexanika fakultetiga oʻzgartiriladi. Universitet rektori siyosiy sabablarga koʻra muhtojlikka yuz tutgandan soʻng universitet oʻzining birinchi moliyaviy inqiroziga duch keldi va bu mahalliy hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning kamayishiga olib keldi.1950-yilda universitetning yopilishiga olib kelgan bu inqiroz, universitet tarixidagi koʻplab moliyaviy qiyinchiliklardan biri edi.
Inqiroz bartaraf etilgandan soʻng,1950-yilda tibbiyot fakulteti tashkil etildi va 1951-yilda Santa Librada kolleji kampusida oʻz ishini boshladi.Keyin, 1954-yilda tibbiyot, hamshiralik ishi va arxitektura fakultetlari uchun San-Fernando kampusi qurilishi boshlandi.
Xuddi shu yili,1954-yildagi 10-sonli qaror bilan universitet oʻz nomini „Universidad del Valle“ga oʻzgartirdi.

Fakultetlari




1947-yil 14-fevralda tashkil etilgan muhandislik fakulteti talabalar soni va professor-oʻqituvchilar soni boʻyicha eng katta fakultetdir.Universitet muhandislikning koʻplab sohalarida talabalarga bakalavr diplomini taqdim etadi.
Sogʻliqni saqlash fakulteti 1969-yilda tibbiyot fakulteti va hamshiralik ishi, laboratoriya va fizioterapiya texniklari boʻlimlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. Sanʼat fakulteti 1995-yil 21-aprelda sobiq arxitektura fakulteti va dizayn, musiqa, sahna sanʼati, ijtimoiy aloqa, tasviriy sanʼat va estetika boʻlimlari qoʻshilishi bilan tashkil etilgan. Tabiiy va aniq fanlar fakulteti 1966-yil fevral oyida tashkil etilgan boʻlib, u biologiya, kimyo, matematika va fizika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavri hamda kimyoviy texnologiya boʻyicha dotsent darajasini beradi. Shuningdek, u kimyoviy texnologiya, entomologiya va etnobiologiya boʻyicha magistrlik diplomlari;biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlari boʻyicha magistr va fan doktori darajalarini taklif qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz