Vali Xozin




Vali Xozin (xazinachi)- Boburga sadoqat bilan xizmat qilgan beklardan biri.

Xizmatlari



Avval xazinachilik qilgan. Keyinchalik beklik rutbasiga erishgan va Boburning ishonchli qoʻshin boshliqlaridan biri boʻlgan. Vali Xozin Buburning harbiy yurishlari va janglarida ishtirok etgan. 1507-yil Qandaxor jangida qatnashib, ichki sifatida gʻulda Boburning soʻl qoʻlida turgan. Aymoq va garrak qabilalarini boʻysundirishda ham ishtirok etgan.
Vali Xozin Bobur armiyasida birinchilardan boʻlib yangi qurollarni oʻzlashtirgan. Jumladan, Bajavr viloyatiga qilingan yurish paytida Vali Xozin ikki dushmanni toʻfang bilan otib oʻldirgan. Panipat va Kanva janglarida faol ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz