Valeryanovka (Qo'stanay viloyati)




Valeryanovka (qozoqcha: Валерьянов — Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati Taranov tumanidagi qishloq. Novoilyinovskiy qishloq okrugi tarkibiga kiradi. U tuman markazi — Taranovskoye qishlog'idan 28 km janubda joylashgan. KATO kodi - 396459400.

Tarixi



Valeryanovka qishlog'i 1900-yilda Qo'stanay tumanidagi Dambar qozoq ko'chmanchi volostida Tobol daryosining chap qirg'og'idagi Kur-Say traktida tashkil etilgan. Aholi punktiga 1905-yildan boshlab Rossiya imperiyasining janubiy viloyatlaridan kelgan muhojirlar joylasha boshlagan.

1904-yilda tashkil topgan Valeryanovka volosti 7 ta ko'chma posyolkalaridan iborat bo'lgan: Valeryanovskiy, Stepnoy, Proxorovskiy, Pridorojniy, Novoilinovskiy, Koziryovskiy, Uvalniy. 1910-yilda Oqsuatskiy (sobiq Oqsuatskiy quyi bo'limi), Bogorodskiy (sobiq Aqsuatskiy yuqori bo'limi), Yekaterininskiy (sobiq Makbalkulskiy) posyolkalari volost tarkibiga kiritilgan. 1911-yilda Danilovskiy (sobiq Sariblakskiy), Lisakovskiy (sobiq Dungurlyukskiy) va Karasorskiy yangi posyolkalari volost tarkibiga kirdi.

Valeryanovska qishlog'i 1907-yilda tashkil qilingan. Orenburg viloyati Verxneuralsk tumanining Nikolayevskiy qishlog'idan ko'chirilgan kasalxonasining borligi bilan mashhur. Tumandagi ushbu birinchi shifoxona 28 ta tuman ko‘chirma aholi punktiga hizmat ko‘rsatdi. 1925-yilda Valeryanovska volosti tarqatib yuborildi va markaz posyolkasida joylashgan kengaytirilgan Viktorovska volostiga birlashtirildi.

Valeryanovkada 1906 — 1907-yillarda Ivan Vasilevich Kolesnikov yozuvchi L. N. Tolstoy bilan bir davrda yashagan.

Valeryanovka 1915-yilda qurilgan okrug darajasidagi don elevatori va 1978-yilda Lisakovskiy shahar sut zavodining bir qismi bo'lgan qaymoq zavodi bilan mashhur edi.

1928-yilda "Komintern" nomli qishloq xo'jaligi arteli tashkil etildi.1951-yilda yiriklashtirilgan kolxoz tuzildi. Uning tarkibiga T. Shevchenko, Valeryanovskiy, Kozirevskiy va Qizil-Jar qishlog'i birlashtirgan.

1961-yilda qishloq Novo-Ilinovskiy sovxozi tarkibiga kirdi. 1997-yildan sovxoz tugatilishi munosabati bilan mustaqil qishloq sifatida ro'yxatga kiritildi.

Aholisi



1999-yilda qishloq aholisi 638 kishi (302 ta erkak va 336 ta ayol) bo'lgan. 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 492 kishi (233 ta erkak va 259 ta ayol) yashagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz