Valeriy Xarlamov
Valeriy Borisovich Xarlamov (1948-yil 14-yanvar, Moskva – 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri– Sovet xokkeychisi, 1967—1981-yillarda CSKA jamoasi hujumchisi. 1969 —1980-yillarda esa SSSR terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1969-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Ikki karra Olimpiya chempioni (1972, 1976) va sakkiz karra jahon chempioni. SSSRning eng yaxshi xokkeychisi (1972, 1973). 1970-yillarda SSSRning etakchi xokkeychilaridan biri. Xarlomov nafaqat sovet ittifoqida, jahonda ham Xokkey tarixidagi eng yaxshi xokkeychilardan biri deya tan olingan. 1998-yilda Xalqaro xokkey federatsiyasining shon-sharaf zaliga kiritlgan
. 2005-yilda Torontodagi Xokkey shon-sharaf zali aʼzosi.
Biografiyasi
Tavvaludi
Otasi – Boris Sergeevich Xarlamov (26.06.1927—27.01.2010) – „Moskva Kommunar“ zavodining sinov mexanigi . Onasi – Asli Ispan, Ispaniyaning Bilbao shahridan, asil ismi Karmen Orive-Abad (Carmen Orive Abad, laqabi Begoña, Begonia) (1925—1987), 1937-yilda SSSRga olib ketilgan (fuqarolar urushi Ispaniya qochqinlari orasida), 1940-yillardan oʻsha zavodda revolver tokar boʻlib ishlagan.
Boris va Begonia ilk marta Kommunar zavodi raqs klubida tanishishadi. Oʻshanda Boris Xarlamov klubga urushdan oldin tanish boʻlgan ispan doʻsti bilan kelgan va u yerdan Valeriyning boʻlajak onasi bilan ketgan.
Valeriy Xarlamov 1948-yil 13 yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi Moskvada tugʻilgan. Boris va Begoniya oʻsha kuni Kommunar zavodining yotoqxonasida edilar. Kech yaqinlashganda, Begonia tugʻruq vaqti boshlanganini his qiladi. Shoshilinch ravishda tez yordam zavod mashinasi chaqirilib, uni tug‘ruqxonaga olib borishadi. Oʻsha kuni tongda yosh Xarlamovlar oilasida oʻgʻil farzand dunyoga kelgan.
Xarlamovlar oʻz farzandlariiga Sovet sinovchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Valeriy Chkalov sharafiga Valeriy deb ism qoʻyishadi. Boris va Begonia faqat yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlganliklari sababli farzandli boʻlishni rejalashtirishmagan edilar. Valeriy tugʻilgandan uch oy oʻtibgina, nikohlarini rasman roʻyxatdan oʻtkazishadi – Boris Xarlamov buni „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib bergan.
1949-yilga kelib Xarlamovlar oilasida qiz farzand tugʻiladi va qizaloqa Tatyana deb ism qoʻyishadi.
Bolalik va yoshlik davri
Valeriy Xarlamovning bolaligidan xokkey hamda futbolga judaham qiziqar va ular bilan muntazam shugʻullanar edi. Valeriy yetti yoshiligidayoq muz ustida konkida ucha boshlagan. Otasi tez-tez zavod jamoasi uchun maydonchada rus xokkeyi bilan shug;ullangan. Oʻgʻlini oʻzi bilan birga oʻyinga olib borgan.
1956-yilga kelib, 1937-yilda SSSRga kelgan ispanlar oʻz vatanlariga qaytish imkoniga ega boʻlgach, Valeriy onasi va singlisi bilan Ispaniyaga joʻnab ketadi, Ispaniyaga borgan Valeriy bir necha oy Bilbao shahrida yashaydi hamda shahar maktabida bir muddat taxsil olgan.
1961-yil mart oyida Xarlamov boshqa organlarda asoratlarni keltirib chiqaradigan Oʻtkir tonzillit bilan kasal bo'lib qoladi: shifokorlar unda yurak kasalligi borligini aniqladilar va revmatik kardit tashxisini qo'yishadi Shu paytdan boshlab Valeriyga maktabda jismoniy tarbiya darslariga borish, hovlida yugurish, og'ir yuk ko'tarish, suzish va hatto pioner lageriga borish taqiqlangan.
Biroq Valeriyning otasi boshqacha fikrda edi, hamda uni Rossiyaga qaytarib olib kelgan va o'sha yerdagi xokkey klubiga olib borgan. Bu ishlarning barchasini Valeriyning onasidan yashirincha qilshgan. Xarlamov ko'p marotaba Ispaniyaga borib kelganligi tufayli Ispan laqabini ham olgan. Shundan keyin u mo'jizaviy tarizda, hech bir sabablarsiz ogir hastalikdan sog'ayib ketadi.
Faoliyati
Sovet Ittifoqi ligasi
Xarlamov 12 yoshida CSKA safida muvaffaqiyatli o'ynay boshlaydi.
1967–1968 yilgi mavsum uchun kattalar jamoasi tarkibiga jalb eetiladi hamda 1967-yilning 22-oktyabrda HC Sibir jamoasiga qarshi baxsda SSKA safida debyut qiladi.
Ammo o'sha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Anatoliy Tarasov Xarlamovni jamoa uchun kerakli o'yinchi deb hisoblamaydi hamda jamoa tarkibidagi 15 o'yindan so'ng Xarlamovni uchinchi divizion a'zosi Zvezda Chebarkul jamoasiga tarkibiga bir mavsumga berib yuborishadi. Zvezda chebraku tarkibida 32 o'yinda 34 ta gol urib, jamoaning to'p urariga aylanadi.
Keyingi mavsumdan Xarlamov CSKA tarkibiga qaytadi. Mavsumda 42 o'yinda 37 ta gol urib, 12 ta golga assistentlik qilgan. Umumiy hisobda mavsum o'yinlarida jami 49 ochko yig'gan Valeriy liganing uchunchi eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan; 1968-yil oktyabr oyida bo'lib o'tgan o'yinda u birinchi marta Vladimir Petrov va Boris Mixaylovlar singari ko'zga ko'ringan o'yinchilar bilan bir tarkibda maydonga tushadi. Uchala o'yinchi ham keyingi bir necha yil davomida CSKA bilan ham, xalqaro miqyosda ham birga o'ynashadi hamda xokkey tarixidagi eng mashhur chiziqlardan birini tashkil etishadi.
Mavsum oralig'ida Xarlamov va uning sherilari Petrov va Mixaylovlar xalqaro turnirda g'alaba qozonganliklari uchun xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvoniga sazovor bo'lishadi.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
Mukofot va unvonlar
SSSR va Rossiya
Xalqaro
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org