Valeriy Venediktov




Valeriy Nikolayevich Venediktov (13-iyun 1924-yil Toshkent – 30-noyabr 1995-yil Chelyabinsk) – sovet harbiy qoʻmondoni, harbiy texnika konstruktori, Sovet Armiyasi general-leytenanti, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976). Ikki karra SSSR Davlat mukofoti sovrindori.

Biografiyasi



Valeriy Venediktov 1924-yil 13-iyunda Toshkent shahrida oʻqituvchi oilasida tavallud topgan. Bolaligida ogʻir kasalga chalinganligi uchun uyida tahsil olgan.

1942-yil yanvardan Qizil Armiyada xizmat qilgan. U Zirhli Kuchlar Harbiy Akademiyasining talabasi edi.

Valeriy 1942-yil oktyabr oyida oʻquv tank polkida jangchi boʻlib xizmat qilgan. 1943-yil mart oyida Xarkov tank maktabida kursant boʻlgan va uni 1944-yilda tugatgan.

Nikolayevich kollejni tugatgach, Zirhli Kuchlar Harbiy Akademiyasida oʻqishni davom ettirdi va ushbu akademiyani 1949-yilda tamomladi.

1975-yilda Valeriy Nikolayevichga general-mayor unvoni berildi.

1976-yildagi SSSR Oliy Kengashi Prezidiuminingfarmoni bilan general-mayor Valeriy Nikolayevich Venediktov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

Keyinchalik Valeriy Nikolayevich T-72 ning ko'plab modifikatsiyalari va modernizatsiyalari ustida ishlagan. Umuman olganda, ajoyib dizayner rahbarligida 120 ga yaqin turdagi harbiy texnika ishlab chiqilgan bo'lib, ularning katta qismi foydalanishga topshirilgan.

1985-yil 5-noyabrda Venediktovga general-leytenant unvoni berildi.

Valeriy Venediktov 1987-yilda sogʻligʻi sababli bosh konstruktor lavozimini tark etdi va oʻzining konstruktorlik byurosining dvigatellar boʻlimida yetakchi dizayner lavozimiga oʻtdi. Valeriy 1988-yilda nafaqaga chiqdi va Chelyabinsk shahrida istiqomat qildi.

Valeriy 1995-yil 30-noyabrda Chelyabinskda vafot etdi. U Nijniy tagilda dafn etilgan.

Xotirasi



2011-yilda Nijniy Tagildagi Venediktov yashagan uyga yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz