Valeriy Popenchenko




Valeriy Vladimirovich Popenchenko (1937-yil 26-avgust, Kuntsevo — 1975-yil 15-fevral, Moskva) — sovet bokschisi, 1964-yil Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari chempioni, ikki karra Yevropa chempioni (1963, 1965), olti karra SSSR chempioni (1960-1965). SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1964). SSSRning atoqli bokschisi (1964). Sovet bokschilari orasida Val Barker kubogining yagona sohibi.

Sportdagi faoliyati



Valeriy Popenchenko 1937-yil 26-avgustda Kuntsevoda (hozirgi Moskva shahri) harbiy uchuvchi oilasida tug‘ilgan, oilasi O‘rta Osiyoga evakuatsiya qilingan. Otasi Ulug‘ Vatan urushi frontida vafot etgach, Valeriyning onasi uni Toshkentdagi Suvorov maktabiga o‘qishga bergan va Valeriy ushbu maktabda 12 yoshidan boshlab Yuriy Matulyevich-Ilichev rahbarligida boks bilan shug‘ullana boshlagan.

1955-yilda SSSR yoshlar chempionatida g‘olib chiqqan. O‘sha yili kollejni oltin medal bilan tugatgandan so‘ng, Valeriy Popenchenko Leningradga ko‘chib o‘tgan va Leningrad oliy chegara dengiz maktabining kursanti bo‘lgan. Leningradda Valeriy bilan ,,Dinamo" sport jamiyati murabbiyi Grigoriy Kusikyans ishlay boshlagan.

1960-yilda Popenchenko 2-o‘rta vaznda boks bo‘yicha SSSR chempioni unvonini qo‘lga kiritgan va keyinchalik uni ketma-ket besh marta muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1963-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida Valeriy birinchi marta xalqaro musobaqada g‘olib chiqqan.

1964-yil kuzida Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida sportchi oltin medal uchun asosiy daʼvogar darajasiga ko‘tarilgan. Olimpiya o‘yinlarida  Popenchenkoning birinchi raqibi pokistonlik Sulton Mahmud bir raundga ham chiday olmagan. Ikkinchi nokdaundan so‘ng jang to‘xtatilgan. Ganalik Jo Dartiga qarshi kechgan ikkinchi jangda sovet bokschisi ochkolar hisobida g‘alaba qozongan. Yarim finalda polshalik Tadeush Valasek ustidan Popenchenko yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozongan. Olimpiadaning final jangi bir daqiqadan kamroq davom etgan. Germaniyaning 5 karra chempioni Emil Shuls birinchi raunddayoq nokautga uchragan. Har bir Olimpiada o‘yinlarida „Xalqaro havaskor boks federatsiyasi“ eng texnikali bokschiga musobaqaning oliy mukofoti Val Barker kubogini taqdim etadi. Tokioda o‘tkazilgan ushbu turnirda Valeriy Popenchenko ushbu mukofotning sohibiga aylangan.

Olimpiadada g‘alaba qozonganidan so‘ng, u navbatdagi Yevropa chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng kutilmaganda katta sportni tark etgan va 213 ta jangda 200 ta g‘alaba qozongan sportchi sifatida tarixga kirgan. Ringni tark etishiga, Popenchenkoning so‘zlariga ko‘ra, boshiga o‘tkazib yuborilgan zarbalardan so‘ng ko‘zlari oldida „chivinlarning paydo bo‘lishi“ sabab bo‘lgan. Sportni tark etganidan so‘ng Valeriy Moskvaga ko‘chib o‘tib ilmiy ish bilan shug‘ullangan. Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Bundan tashqari, Valeriy Popenchenko she‘r ham yozgan, ingliz tilini yaxshi bilgan va shaxmatni yaxshi o‘ynagan.

Oliy taʼlim va o‘qituvchilik faoliyati



Leningraddagi Oliy dengiz muhandislik-texnika bilim yurti(VVITU)ni tugatgan (1960). Har doim dengizchi formasida yurgan. Texnika fanlari nomzodi (1968). 1970-1975-yillarda Bauman nomidagi Moskva oliy texnika maktabining jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, dotsent (1972). 1960-yildan KPSS aʼzosi. 1966-1970-yillarda Komsomol MK aʼzosi.
Valeriy Popenchenko 1975-yil 15-fevralda 37 yoshida Moskva oliy texnika maktabi bosh binosida zinapoyadan qulab tushib „sirli“ baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan. Popenchenko uchinchi qavatdan pastga tushib ketgan va shu zahoti vafot etgan. Moskvadagi Vvedenskiy qabristoniga dafn etilgan (29-uchastka).

SSSR Bosh prokurorining davlat xavfsizligi nazorati sohasi bo‘yicha yordamchisi, keyinchalik taniqli deputat Viktor Ilyuxin yangi ochilgan holatlar tufayli ushbu jinoiy ish yuzasidan tergovni boshqargan. Aniqlanishicha, Popenchenko kosmonavtlar korpusiga qo‘shilish to‘g‘risida ariza bergan, ammo u Harbiy-dengiz floti ofitseri bo‘lganligi, shuningdek, o‘tmishda SSSR KGB harbiy-dengiz kuchlari bo‘linmalarida kosmonavtlar korpusi va dengiz floti o‘rtasida kosmik dasturlarning bo‘ysunishi hamda ishtirokchilarning tarkibi to‘g‘risidagi masala yuzasidan kelishmovchiliklar kelib chiqqan. Bundan tashqari, Moskva oliy texnika maktabi bo‘limidan Valeriyning kosmik dastur bo‘yicha materiallari g‘oyib bo‘lgan. Bu RSFSR Jinoyat kodeksining 64-moddasi („Vatanga xiyonat“) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan.

Popenchenko fan bo‘yicha prorektorni materiallarni o‘g‘irlagan, deb gumon qilgan. [manba 1610 kun ko‘rsatilmagan].

Yutuqlari



Xalqaro

Butunittifoq doirasida

Sport unvonlari va mukofotlari




Mukofotlari




Kino mujassamlash



Valeriy Popenchenkoga bag‘ishlab „Janob nokaut“ badiiy filmi suratga olingan. (2022-yil, rejissyor A. Mixalkov, ssenariy muallifi aka-uka Vladimir va Oleg Presnyakovlar). Bosh rolni Viktor Xorinyak ijro etgan.

Manbalar




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz