Valeriy Lyubushin




Valeriy Petrovich Lyubushin (1940-yil 18-mart, Vladivostok — 2011-yil 21-fevral, Toshkent) — sovet futbolchisi, yarimhimoyachi. Sovet va oʻzbek murabbiyi.

Biografiyasi



Penzaning “Velozavodes” futbol maktabi va “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi. Harbiy xizmatni Fargʻonada oʻtagan. 1960-yildan KFK chempionati va Fargʻona viloyati chempionatida oʻynagan. 1962-yilda Toshkentning “Sokol” jamoasi safida Millionlar kubogi sohibi boʻlgan. 1963-yildan “Paxtakor” safida SSSR chempionatida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 1964-yilda “Paxtakor” “B” toifasida Janubiy Amerika jamoalari: “XV noyabr” (Braziliya, 1:0)  va “Natsional” (Urugvay, 2:1) bilan ikkita oʻyin oʻtkazgan. Lyubushin ikkala oʻyinda ham gʻalaba toʻplarini kiritgan. 1967-yilda “Politotdel”, 1967,1969—1970-yillarda “Selinnik” (Yangiyer) va 1968-yilda “Oqqoʻrgʻon” klublari shafarini himoya qilgan.

1971-1972, 1977-yillarda “Yangiyer” jamoasi murabbiyi, 1973-yilda jamoa rahbari, 1974, 1978-1981, 1987-yillarda katta murabbiy lavozimida faoliyat olib borgan. 1975-yilda “Xonqaliklar” klubi katta murabbiyi lavozimida ishlagan. 1984-yilda “Beshkent”, 1985—1986-yillarda Qarshining “Geolog” jamoasida katta murabbiy boʻlgan. 1988-yilda Andijonning “Paxtakor” klubida jamoa rahbari, 1991—1992-yillarda “Kosonsoychi” va 1996-yilda “Dinamo-Nasaf” klubida katta murabbiy vazifasida faoliyatini davom ettirgan. 1997-yilda “Xorazm” va 2003-yilda “Mash’al” jamoalarini boshqargan.

1990-yillar boshida Oʻzbekiston futbol federatsiyasida ishlagan.

Oʻzbekiston futboli shon-sharaf zali a’zosi.

Valeriy Petrovich 2011-yil fevral oyida 70 yoshida olamdan oʻtgan. Marhum Doʻmbrobod qabristoniga dafn qilingan..

Farzandi Vadim ham futbol bilan shugʻullanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz