Valeriy Gayevskiy
Valeriy Veniaminovich Gayevskiy (tugʻ. 1958-yil 11-dekabrda, Petrikov, Gomel viloyati, Belarus SSR, SSSR) — rus davlat va siyosiy arbobi.
Rossiya Federatsiyasi senatori — Stavropol oʻlkasining qonun chiqaruvchi hokimiyat vakili (2016-yil 6-oktyabr — 2021-yil 30-sentyabr). Stavropol oʻlkasi gubernatori (2008-yil 16-may — 2012-yil 2-may). Rossiya Federatsiyasi mintaqaviy rivojlanish vazirining oʻrinbosari (2008, 2012-2015). Rossiya Federatsiyasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari (2015—2016).
Hayoti
Valeriy Gayevskiy Moskva geologiya-qidiruv instituti va Stavropol davlat universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Martaba
1991-yildan „Korn“ Moskva aktsiyadorlik kompaniyasi brokerlik firmasining bosh direktori.
1996-yildan esa Stavropol oʻlkasi hukumatida ishlagan. Viloyat hokimligi raisining oʻrinbosari, moliya vaziri, hukumat raisining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri lavozimlarida ishlagan.
2006-yildan Valeriy Gayevskiy Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Janubiy federal okrugidagi vakolatli vakilining oʻrinbosari.
2008-yil fevral oyidan — Rossiya Federatsiyasi Mintaqaviy rivojlanish vazirining oʻrinbosari.
2008-yil 16-maydan 2012-yil 2-maygacha — Stavropol oʻlkasi gubernatori.
2009-yil 29-noyabrdan 2010-yil 16-iyungacha — Rossiya Federatsiyasi Davlat Kengashi Prezidiumi aʼzosi.
2012-yil 2-mayda Valeriy Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Valeriy Gaevskiyning Stavropol oʻlkasi gubernatori lavozimidan isteʼfosini qabul qildi.
2012-yil 13-iyulda u Rossiya Federatsiyasi hududiy rivojlanish vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2014-yil 10-sentyabrda esa u Rossiyaning Mintaqaviy rivojlanish vazirligining tugatish komissiyasi raisi etib tayinlandi.
2015-yil 4-martda Valeriy Gayevskiy Rossiya Federatsiyasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
2016-yil 6-oktyabrdan 2021-yil 30-sentyabrgacha — Rossiya Federatsiyasi senatori — Stavropol oʻlkasi qonun chiqaruvchi hokimiyat vakili.
Darajasi
Mukofotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org