Valeriy Fadeyev
Valeriy Aleksandrovich Fadeyev (ruscha: Вале́рий Алекса́ндрович Фаде́ев, 1960-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) – rossiyalik jurnalist va jamoat arbobi. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik palatasining sobiq kotibi.
Hayoti
Valeriy Fadeyev 1960-yili Toshkentda tugʻilgan. 1983-yilda Moskva fizika-texnika institutining boshqaruv fakultetini tamomlab, SSSR strategik raketa kuchlarida xizmat qilgan. 1988–1990-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Energetika ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. 1993-1995-yillarda esa Yevgeniy Yasinning oʻrinbosari boʻlib, Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi Ekspert instituti direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
Teleboshlovchi
Fadeyev 2014-yilning oktyabr oyidan 2016-yil iyun oyigacha Rossiyaning Birinchi kanalida „Moment tuzilishi“ ijtimoiy-siyosiy tok-shousining boshlovchisi boʻladi. 2016-yil sentabrdan 2018-yil iyungacha Birinchi kanalning haftalik yangiliklar dasturi – „Voskresnoye vremya“ („Yakshanba vaqti“) boshlovchisi boʻlib ishlagan. U Fuqarolik palatasidagi ish yuki tufayli televizorni tark etib, oʻzi televideniedagi ishini yarim kunlik ish deb taʼriflaydi.
Sanktsiyalar
U 2021-yil 18-iyunda Ukrainaning sanktsiyalar roʻyxatiga qoʻshiladi.
2023-yil 25-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Ukraina suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi harakatlar uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan.
2023-yil 2-martda Shveytsariyaning sanktsiyalar roʻyxatiga qoʻshildi.
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org