Valeriana
Valeriana (Valeriana L.) - maunasorundoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, yarim buta, buta va lionlar turkumi. Barglari butun, uch boʻlakli yoki patsimon qirqilgan. Toʻpguli gullaganida boshchasimon, mevasi yetilganida roʻvaksimon boʻladi. Gullari mayda. 200 ga yaqin turi Shim. yarim sharning muʼtadil va sovuq iqlimli hududlarida, Jan,. Amerikada, 1 turi Kilimanjaro togʻlarida tarqalgan. Andda ayniqsa xilma-xil turlari uchraydi. Hamma yerda — nam joylardan tortib togʻu-toshlar, hatto alp yaylovlari mintaqalarida oʻsadi. Dorivor V. (V. offi cinalis L.) — oʻt oʻsimlik, poyasi tik, boʻyi 2 m gacha, barglari va ildiz mevasining katta-kichikligi bilan farq qiladigan bir necha kenja turlar hosil qiladi, dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi. Dorivor V.ning ildizi va ildizpoyasidan tibbiyotda foydalaniladi. Undan nerv sistemasiga taʼsir qiluvchi, yurak urishini tartibga soluvchi valerian tomchisi olinadi. V. tarkibida efir moylari, valerin, sirka va chumoli kislotalar, turli alkaloidlar bor. Olitoriya V.si barglari shoʻraki (salat) sifatida isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda togʻlik mintaqalarda asorun (V. fi carifolia Boiss.) tarqalgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org