Valentino (modalar uyi)
"Valentino Sp. A." — 1960-yilda Italiyada dizayner Valentino Garavani tomonidan tashkil etilgan va Valentino Fashion Group tarkibiga kiruvchi modalar uyi. 2008-yilning oktabr oyidan buyon Pier Paolo Pichioli modalar uyining kreativ direktori hisoblanadi. Valentino modalar uyi shtab-kvartirasi Milanda joylashgan. Kompaniya, shuningdek, Balenciaga, Chanel, Cerruti va boshqa brendlarni oʻz ichiga olgan Parijdagi baland obroʻga ega Sindikat modalar uyi tarkibiga ham kiradi.
Tarixi
Valentino modalar uyi 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida Valentino Garavani tomonidan otasi va uning sherigi Jankarlo Giammetti koʻmagida tashkil etilgan.
Xalqaro miqyosda Valentinoning debyut namoyishi 1962-yilda oʻsha davrda moda poytaxti hisoblanuvchi Florensiyada boʻlib oʻtadi. Valentino Elizabeth Taylor, Anne Hathaway, Jennifer Lopez, Sophie Hunter va Shvetsiya malikasi Madeleine, kabi dunyoga mashhur ayollar toʻy liboslarini yaratgan.
1998-yilda Garavani va Giammetti kompaniyani taxminan 300 million dollarga Fiat rahbari marhum Gianni Agnelli tomonidan qisman nazorat qilinadigan italyan konglomeratiga sotishadi. 2002-yilda Valentino S.p. A. modalar uyi Milanning 180 million dollardan ortiq daromadga ega toʻqimachilik giganti hisoblanuvchi Marzotto Apparelga 210 million dollarga sotilgan.
2012-yilda Qatar Valentinoni Mayhoola for Investments S. P.C[6] investitsiya vositasi orqali 700 million yevroga sotib oladi.
2020-yilda modalar uyi oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishda alpaka junidan foydalanmasligini eʼlon qiladi va Perudagi dunyoning eng yirik xususiy alpaka fermasi Mallkini bilan barcha aloqalarini uzadi. Kompaniya tomonidan ushbu harakat ishlab chiqarish sanoatida hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish ishlari fosh qilinganidan keyin amalga oshirildi.
Parfyumeriya
2010-yildan buyon Valentino parfyumlari Puig kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.
Valentino xushboʻy iforlari
2020-yilda Valentino Beauty yangi Viva Voce atiri ishlab chiqarilishini eʼlon qiladi va uning yuzi sifatida Ledi Gagani eʼlon qiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org