Valentina Varshavskaya




Valentina Solomonovna (Semyonovna) Varshavskaya (1920-yil 5-dekabr, Yekaterinoslav, Yekaterinoslav viloyati, Ukraina SSR — 2008-yil 16-yanvar, Murmansk, Murmansk viloyati, Rossiya) — RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Fargʻona viloyati rus drama teatri aktrisasi. 1952-yildan 1978-yilgacha Murmansk viloyat qoʻgʻirchoq teatri direktori.

Tarjimayi holi



Valentina Varshavskaya 1920-yil 5-dekabrda Ukraina respublikasining Yekaterinoslav shahrida (hozirgi Dnepr) tugʻilgan. Yoshligidan sanʼatga qiziqishi baland edi. Varshavskaya avval mahalliy maktabda, soʻng Yekaterinoslav shahridagi u musiqa va teatr texnikumida, undan keyin teatr studiyasining xoreografiya boʻlimini tamomlagan.

1940-yildan Dnepropetrovsk opera teatri truppasining aʼzosi boʻlgan, 1941-yildan boshlab ikkinchi jahon urushining soʻnggiga qadar 406-Nikopol koʻchma kasalxonasida hamshira boʻlib ishlagan. Urush tugaganidan soʻng yana oʻzining sevimli ishi bilan shugʻullanishni boshlaydi. 1945-yildan konsert-estrada byurosi artisti, 1948-yildan Fargʻona viloyat rus drama teatri aktrisasi sifatida faoliyatini davom ettirgan.

1949-yildan — musiqa boʻlimi boshligʻi, badiiy rahbar va 1952-yildan — Murmansk viloyat qoʻgʻirchoq teatri direktori. 1950-yillarning oxirida uning rahbarligida teatr birinchi marta „Chyornaya melnitsa“ spektakli asosida faqat kattalar uchun spektaklni namoyish etdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Valentina Varshavskaya 1970-yilda RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan.

1978-yilda nafaqaga chiqqan. U 2008-yil 16-yanvarda Murmanskda vafot etdi.

Oilasi



Oilali. Turmush oʻrtogʻi — Korneliy Aleksandrovich Bazderov, RSFSR xalq artisti.

Mukofotlari



1. „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali.

2. „Mehnat faxriysi“ medali.

3. RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970).

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz