Valentina Tereshkova




Valentina Vladimirovna Tereshkova (1937.6.3, Yaroslavl viloyati, Maslennikovo qishlogʻi) — rus kosmonavt-uchuvchisi (1963), jahonda 1 ayol kosmonavt. Nikolay Jukovskiy nomidagi Harbiy Havo muhandislik akademiyasini tugatgan (1969). 1963-yil 16–19 iyunda V.F. Bikovskiy bilan birga "Vostok" kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan. Yer atrofini 48 marta aylanib, 70 soat, 47 min. mobaynida 2 mln. km ga yaqin masofani uchib oʻtgan. Sobiq ittifoq ayollar qoʻmitasi raisi (1968–87). Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi vitseprezidenti (1969-yildan). Chet el mamlakatlari bilan madaniy aloqa va doʻstlik jamiyatlari ittifoqi prezidiumi raisi (1987–92). Rossiya Xalkaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi rahbari (1994-yildan).

Ijtimoiy faoliyat



2011 yilda u Yaroslavl mintaqaviy ro'yxati bo'yicha "Yagona Rossiya" partiyasidan Rossiya Davlat Dumasiga saylangan. Tereshkova Elena Mizulina, Irina Yarovaya va Andrey Skoch bilan birga nasroniy qadriyatlarini himoya qilish bo'yicha fraksiyalararo deputatlik guruhining a'zosi; bu lavozimda u Rossiya Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritishni qo'llab-quvvatladi, unga ko'ra "Pravoslavlik Rossiyaning milliy va madaniy o'ziga xosligining asosidir". 2011 yil 21 dekabrdan Davlat Dumasining Federal tuzilma va mahalliy o'zini o'zi boshqarish qo'mitasi raisining o'rinbosari.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz