Valentina Raspopova




Valentina Raspopova -(1906-yil, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – nomaʼlum) – Sovet pediatri. Sovet mehnat Qahramoni.

Biografiyasi



Raspopova Valentina Aleksandrovna 1906-yil Rossiya imperiyasiga qarashli Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1924-yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetiga 1-kurs talabasi sifatida qabul qilindi. Raspopova Valentina shu oliy taʼlim muassasasini 1930-yili muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan soʻng, Tojikiston SSR ga qarashli tibbiyot muassasalarida shifokor boʻlib ishladi. Oʻsha davrda Tojikiston SSRdagi Vaxsh daryosi boʻyida qurilishlarni soni nihoyatda oshdi. Hukumatning asosi nuqtasi qurilish sohasiga berilganligi uchun, tibbiyot sohasida ortda qoldi. Aholida esa bezgak, suvchechak va gripp kabi kasalliklar avj olib ketdi. Uning ustiga shifokorlarning yetishmasligi ham, vaziyatni ogʻirlashtirdi. Bunday paytda aholining katta qismi sanoqli malakali shifokorlarning uyiga borib davolanish maslahatlarini olishdi. Valentina Raspopova aholi ishongan va maslahat oladigan shifokorlardan biri edi. shifo Ikkinchi jahon urushi boʻlib oʻtgan, 1941-1945-yillarda Toshkent bolalar shifoxonasida bosh shifokor boʻlb ishlagan. Valentina Raspopova 1946-yilda Toshkent 2-sonli kasalxonasidada boʻlim mudiri, 1947-yilda esa Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi 4-oilaviy poliklinikasida pediatr boʻlib ishlagan.

SSSR Oliy Kengashining 1951-yil 14-apreldagi qarori bilan Valentina Raspopova kasbidagi fidokorligi va namunali xizmati uchun „Shon-sharaf ordeni“, 1961-yil 11-fevral kuni esa „Lenin ordeni“, 1971-yil 20-iyulda Sovet mehnat Qahramoni orden va mukofotlari bilan taqdirlangan.

Valentina Raspopova nafaqaga chiqqanidan soʻng, Toshkent viloyatida yashagan.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz